"Qo'qon-1912" bugundan Qiziltog'dagi yig'inga kirishadi
18 iyu 2014 15:29
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" bugundan Qiziltog'dagi yig'inga kirishadi
Birinchi liga ishtirokchisi "Qo'qon-1912" davralar oralig'idagi dastlabki yig'inii boshladi.
Jamoa kecha o'z qarorgohida yig'ildi va bosh murabbiy Rustam Abdullaev futbolchilarni ikki tarkibga ajratgan holda, o'yin tashkil etdi. SHundan so'ng jamoa Toshkentga yo'l oldi. Endilikda qo'qonliklar mashg'ulotlarni Qiziltog' qarorgohida o'tkazadi.
Tarkibda o'zgarishlar boshlandi. Birinchi bosqichda ishonchni oqlay olmagan ayrim o'yinchilarga javob berilmoqda. SHuningdek aksariyat yoshlarga ham ketishga ruhsat berilgan. Ularning o'rni esa tajribali o'yinchilar bilan to'ldirilmoqda. Birinchi liga toifasida tajribali o'yinchilar sanaladigan Isroil Tursunov, Hasan Ergashev ("Istiqlol"), Muzaffar Abdullaev ("Lokomotiv-BFK"), Anvar Rahimov kabi o'yinchilar bugungi kunda "Qo'qon-1912"da ko'rikdan o'tmoqda. Bundan tashqari Andijonning "UzDongJu" klubidan ham ikki iqtidorli futbolchi SHahboz Jumaboev va Ulug'bek Usmonov ham taklif etilgan.
Bosh murabbiyning aytishicha, Toshkent yig'ini mobaynida yana bir qator o'yinchilar kelib qo'shiladi va ularning munosiblari olib qolinadi.

Fikrlar