"Qo'qon-1912": 415-uchrashuv arafasida

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2019, 09:43
"Qo'qon-1912" jamoasi O'zbekiston chempionatlaridagi 415-o'yinini o'tkazish arafasida turibdi.

14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo'qonliklar shu kunga qadar 414 ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi.

Shularning 146 tasida jamoa g'alaba qozongan. 65 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. 203 ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati 550 – 755. Umumiy ochkolar 503 tani tashkil etadi.

Aytgancha, Suhrob Berdievning “So'g'diyona” darvozasiga kiritgan ikkinchi goli jamoaning milliy chempionatlardagi 550-goli sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.
Superliga 13-tur doirasidagi “Paxtakor” bilan bo'ladigan uchrashuv "Qo'qon-1912"ning O'zbekiston chempionatlardagi 415-o'yini bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz