"Qo'qon-1912": 10 yanvar kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaymiz
08 jan 2016 07:44
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": 10 yanvar kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmaymiz
Kecha “Bunyodkor”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazgan vakillarimiz rejaga ko'ra, 10 yanvar kuni ushbu yig'indagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi lozim edi. Ammo bizga raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalar bilan olib borilgan muzokaralar samarasiz yakun topdi. Natijada 10 kungi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Yakshanba kuni jamoamiz azolari faqat mashg'ulot bilan cheklanishadi.
Eslatib o'tamiz “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkentdagi yig'in chog'ida yana uchta nazorat uchrashuvini o'tkazadi. 14 yanvar kuni vakillarimiz Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi maydonga tushishadi. 18 yanvar kungi raqibimiz esa – “Buxoro”.
Nihoyat, Toshkentdagi yig'in yakunida, yani, 21 yanvar kuni Murodjon Ismoilov shogirdlariga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar