So’nggi yangiliklar

21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  201 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10 16:57"Мен умримда бунақасини кўрмаганман". Зидан Ямалнинг истеъдодини эътироф этди  9

Qobiqlardan chiqib ketish kerak. Endi hammasi boshqacha bo'ladi Yangiliklar

Qobiqlardan chiqib ketish kerak. Endi hammasi boshqacha bo'ladi

Teglar :  Superliga
Pepsi Superligada oyning eng yaxshilari muntazam aniqlab kelinmoqda. Xursand qilayotgani tomoni - uning atrofidagi bahs va munozaralardir.

“Navbahor” va “Paxtakor” bosh murabbiylarining o'ziga 1-o'rinni berishi ko'pchilikka erish tuyulgani tushunarli. Biroq men bundan xursand bo'ldim. Agar mutaxassislarimizda o'ziga bo'lgan ishonch va qatiyat oshayotgan bo'lsa, biz bundan faqat xursand bo'lishimiz kerak.

To'g'ri, ko'pchilik bu kabi ishlarga ko'nikmagan. O'ziga-o'zi ovoz berishni yo'q qilish kerak, deyayotganlar ham bor. Mana shunday insonlarga samimiy savolim bor: nega endi qandaydir stereotiplardan yorib chiqib keta olmaymiz? Mourino o'zini eng yaxshi bilsa, Gvardiola o'ziga ishonsa rohat olamiz-u, o'zimizning mutaxassislarga buning uchun yo'l bermaymizmi?

Qo'yib beraylik, mayda 4 ta o'yindan 4 tasini yutyaptimi mutaxassis, demak, o'zini kuchli hisoblaydi. Kimdadir harakter umuman boshqa, kuchli ekanini bilib tursa ham, kamtarlik qiladi va o'zini belgilamaydi. Biz esa murabbiylar, futbolchilarning harakterlarini ham bilib boramiz, ular o'rtasidagi munosabatlar, qarashlar, principlarga tushungandek ko'rinamiz.

APL faqat futboli bilan emas, Mourino va Venger, Konte yoki Mourino, Gvardiola, Pochettino, umuman mutaxassislar o'rtasidagi aytishuvlar, raqobatlar bilan ham qiziqdir. SHuning uchun qobiqdan chiqib ketishimiz kerak. Ovoz berishda cheklovlar yo'q. Har kim o'zi istagan 3 ta variantni belgilasin va yuboraversin. SHunisi yaxshi.

Muxlislar ovoziga kelsak, qaysi klublarning muxlislari faol bo'lsa, ularda imkoniyat ko'proq bo'lishi normal holat. Ishlasin “Paxtakor” fan klubi, “Bunyodkor” fan klubi va hokazo. Yani, o'zining futbolchisini, murabbiyini ovoz berishda yolg'izlatib qo'ymasin.

Va albatta bir jihatni unutmaylik, hamma narsani faqat muxlislar hal qilayotgani yo'q. Aytaylik, muxlislar Ilhom Mo'minjonovga ovoz berdi, murabbiy ham o'z nomzodini ko'rsatdi (bu manmanlik emas, o'ziga ishonch). Biroq so'rovnomada Mo'minjonov baribir g'olib chiqa olmadi. CHunki mutaxassislar, futbolchilar millionlar o'yiniga umuman boshqacha ko'z bilan qaraydi.

PFLni oldinda ko'p o'zgarishlar, yangiliklar kutib turibdi. Futbolchilar shartnomasi, legionerlar masalasi va boshqa turli yo'nalishlarda katta o'zgarishlar arafasidamiz. Bunday keskin o'zgarishlarga o'rganmagan, hazm qilolmayotgan, harhasha qilayotgan, qo'shilmayotgan klublar vakillari, murabbiylar, hatto hamkasblarimiz ham uchrab turibdi. Biroq sovuqqonlik bilan yangiliklar qilishga harakat qilamizki, chempionatda ijobiy o'zgarishlar bo'lsin. Zero ayrim kishilar 10—15 yilda hech narsa qila olmagani etmaganidek, endi o'sha eski principlaridan voz kecha olmayapti.

Bizning yo'limiz eng to'g'risi demoqchi emasman. Biroq futbolda nimadir o'zgartirish kerakligini hammamiz bilamiz. Va o'sha narsalar o'zgaryapti. Bu kelajak uchun qanday xizmat qilishini albatta vaqt ko'rsatadi (nasib bo'lsa).

Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика