Qiziq holat: Afg'oniston termasi bosh murabbiyi jamoaga bosh murabbiylik qilishni istamadi, uning jamoasi g'alaba qozondi
17 okt 2023 21:53
Yangiliklar


Qiziq holat: Afg'oniston termasi bosh murabbiyi jamoaga bosh murabbiylik qilishni istamadi, uning jamoasi g'alaba qozondi
Afg'oniston termasi bosh murabbiysiz JCH-2026 saralashining 2-bosqichiga yo'llanma oldi.
Malumotlarga qaraganda, futbolchilar jamoa bosh murabbiyi Abdulla al-Mutayri qo'l ostida ishlashdan bosh tortishgan. Jamoa sardori Farshad Nur va va bir qancha futbolchilar quvaytlik mutaxassisga uning mashg'ulot o'tamasligini, jamoani boshqarmasligini aytishgan. Bunga sabab sifatida ular murabbiyning bilimlarining pastligi va futbolchilar ichida "jamoalar" yuzaga kelganini keltirishgan.
"Football Afghan France" malumotiga ko'ra, al-Mutayri qaydnomani to'ldirishni istamagan va texnik mag'lubiyat yozdirishga harakat qilgan. Biroq futbolchilar maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alabaga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar