"Qizilqum"ga mag'lub bo'lgach, Jasur Abduraimov matbuot anjumaniga kelmadi, sababi...
01 avg 2021 23:01
Yangiliklar
"Qizilqum"ga mag'lub bo'lgach, Jasur Abduraimov matbuot anjumaniga kelmadi, sababi...
Unda mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov ishtirok etmadi. Sababi uchrashuvdan keyin Abduraimov futbolchilarga ko'rsatma berayotgan edi, uning o'rniga "Metallurg" katta murabbiyi Artyom Petrosyan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bunday o'yinlarda yutqazish juda alam qiladi. Ikkala taymda ham o'yinni nazorat qildik va hujumlar qildik. Afsuski ikkita qarshi hujumdan ikkita gol o'tkazib yubordik. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Qaerda xato qilganimizni ko'rib, tahlil qilamiz", - deydi Artyom Petrosyan.
- Uchrashuvni markaziy hujumchisiz boshlashga nima sabab bo'ldi?
- Nega hujumda Salamat Qutiboev o'ynadi-ku. To'g'ri u yarim himoyachi, ammo bugun hujumda o'ynadi. Salamat o'z vaqtida hujumchi bo'lgan. Qizig'i birinchi taymda gollar urish uchun etarli vaziyatlar yarata oldik. Ammo gol ura olmadik, yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak.
- Toshpo'latov va Narzullaev jamoani tark etishiga nima sabab bo'ldi?
- Bu savolga javob bera olmayman.
Fikrlar