So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

"Qizilqum": Yoshlarimizning irodali g'alabasi Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimizning irodali g'alabasi

Yoshlar ligasining 10-turida Muborakdan "Qizilqum" jamoasi ishonchli g'alaba bilan qaytgandi.
SHu bois, bu galgi uchrashuvda ko'pchilik navoiylik yoshlarning muvaffaqiyat qozonishiga umid bildirayotgandi.

Ammo "SHo'rtan"ga qarshi o'yinni  yoshlarimiz bir muncha ishonchsiz boshlashdi. Avvaliga 19-daqiqada g'uzorliklar hisobni ochdi. Himoyadagi qo'pol xatodan unumli foydalangan  Jamshid Hoshimov mezbonlar darvozabonini dog'da qoldirdi. So'ngra 28-daqiqada Elyor Intizomov ikkinchi marotaba mezbonlarni o'yinni maydon markazidan boshlashga majbur qildi - 0:2.

SHundan so'ng, mezbonlar bir muncha hushyor tortishdi. Dastlab 31-daqiqada Ruslan Sanaev hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan olti daqiqa o'tgach, Jamshid SHohnazarov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ammo bu vaziyatda darvozabon mezbonlar yarim himoyachisiga nisbatan o'yin qoiadasini buzdi. Belgilangan 11 metrlik zarbani Maruf Tillaev bexato amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Birinchi bo'lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida Sevdiyor Hamroqulovning darvozadan chamasi 18 metrlar uzoqlikdan bergan kuchli zarbasi himoyachilardan biriga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'ridan joy oldi - 3:2.

Tanaffusdan so'ng, har ikki jamoa azolari ham hujumkorlikka zo'r berishgan bo'lsa-da, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. shunday qilib, "Qizilqum" yoshlari o'zlarining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi va o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'ydi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi

11-tur, 29 may (juma)

"Qizilqum" (Navoiy) - "SHo'rtan" (G'uzor) - 3:2 (3:2)

Navoiy shahri. "So'g'diyona" stadioni.

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Evgeniy Zakutilin, Leonid Zakutilin, Amal Sultonov (barchasi - Navoiydan).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar:  Jamshid Hoshimov (19), Elyor Intizomov (28), Ruslan Sanaev (31), Maruf Tillaev (37-pen), Sevdiyor Hamroqulov (41)

"QIZILQUM": 22. Artyom Makosin (s), 4. Viktor Grigorev, 8. Sevdiyor Hamroqulov, 17. Jamshid SHohnazarov (18. Feruz Boboqulov, 46), 20. Bobur Jo'raqulov, 21. Boburjon O'roqov, 23. Maruf Tillaev, 29. Feruz Norov (11. Bobur Mamirov, 46), 30. Ruslan Sanaev (25. Nuriddin Rahmatullaev, 76), 44. Husniddin Fazliddinov, 77. Nodirjon SHahobiddinov (15. Sardor Po'latov, 11, 19. Pyotr Batarov, 60).

"SHO'RTAN": 1. Akmal Rahimov, 4. Mirmuhsin Sattorov, 5. Yo'lchi Fayzullaev, 6. Nurali Padarov (22. Ulug'bek G'ofurov, 90+2), 7. Rustam Haydarov, 8. Murod Rajabov (14. Temur Komiljonov, 90), 11. Fayoz Azimqulov (10. SHahzodbek Xursanov, 46), 16. Elyor Intizomov (17. G'ulom Rahmonov, 52), 18. Bobur To'raev (13. Talat Nurullaev, 90), 19. Jamshid Hoshimov (15. Ilhom Abdiev, 90+1), 20. Olimjon Karimov (s).

Ogohlantirishlar: Elyor Intizomov (25), Olimjon Karimov (33), 20. Bobur Jo'raqulov  (77), Feruz Boboqulov (85), Bobur O'roqov (90).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика