So’nggi yangiliklar

22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  7 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  1 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  39 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  23 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  20 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  8 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  423 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3 18:49Туркиялик дарвозабон терма жамоа ихтиёридан кетиб қолди. У асосий таркибга киритилмаганидан хафа  1 18:22Ўзбекистон U-14 терма жамоаси бу сафар Қозоғистондан енгилди  3 17:59"Ньюкасл" ФИФАдан 6,5 миллион фунт олади  0

"Qizilqum" yordamchi murabbiyi Obid Xudoyorov: "Futbol til tanlamaydi" Yangiliklar

"Qizilqum" yordamchi murabbiyi Obid Xudoyorov: "Futbol til tanlamaydi"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mezbonlar yordamchi murabbiyi Obid Xudoyorov o'z fikrlarini bildirdi.



 

"Tezkor gol o'tkazib yubordik. Bu gol o'yinimizga salbiy tasir o'tkazdi. Birinchi bo'limda bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Bergan zarbalarimiz darvozaga kirmadi. Bitta jarimadan urdik. Bo'lim oxirida gol o'tkazib qo'ydik natijada bizga qiyin bo'ldi", -  dedi Obid Xudoyorov. 

- Bilamizki siz o'rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyisiz. O'tgan mavsumda adashmasam 2-davra oxirlarida chap qanot ximoyachisi Salim Mustafoev ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yubordi. SHunda o'rinbosarlar tarkibida xarakat qiladigan Jaxongir Xusanov asosiy tarkibda Salim Mustafoev o'rnini to'ldirdi. Bu yil xam "Qizilqum" tarkibida Jaxongir Xusanov kabi yosh istedodli futbolchilarni ko'ramizmi?

- Yoshlar tarkibida bir nechta yaxshi asosiy tarkibga nomzod futbolchilar bor. Barchaga imkoniyat beriladi barchasini vaqt ko'rsatadi. Agarda ular o'rinbosarlar jamoasida o'zlarni yaxshi tomondan ko'rsatishsa murabbiylar albatta ularni sinab ko'radi. Murabbiylar barcha o'yinlarga borishmoqda va futbolchilarni kuzatishmoqda. Asta sekinlik bilan asosiy tarkibga olib chiqamiz yaxshi futbolchilarni. Yaxshi futbolchilar bor.

- Jamoaga yangi mavsum transfer oynasida kelib qo'shilgan futbolchilar legionerlarni o'yinidan murabbiy sifatida shaxsiy fikriz qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Ozgina ximoyachilarni o'yinidan ko'nglim to'lmadi. Tayanch yarim ximoyamizda kamchiliklar ko'zga tashlanib qoldi. Aynan to'p raqibdan olib qo'yib birinchi pasni etkazishda ko'plab xatolar kuzatildi.

- "Qizilqum" jamoasi legioner futbolchisi Makkartney Naveseb birinchi bo'limdayoq almashtirildi bunga sabab nima?

- Bugungi o'yinda uni o'yini chiqmadi. O'ziga biroz noqulay poziciyada xarakat qildi. Birinchi o'yinda xujumning markazida o'ynagan edi. Bugungi o'yinda esa undan ko'ra Qadamboy Nurmetov yaxshiroq o'ynadi. Naveseb o'ziga berilgan vazifani to'liq uddalay olmadi. SHu uchun uni kelishilgan xolda almashtirdik.

- Legioner futbolchilar bilan til borasida muammolar bo'lmayaptimi?

- Legionerlar bilan til borasida muammolar yo'q. Futbol til tanlamaydi.


SHahboz G'ulomov yozib oldi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика