"Qizilqum" to'xtamayapti. Davron Hoshimov Navoiy klubiga o'tishi mumkin
08 avg 2020 08:40
Yangiliklar
"Qizilqum" to'xtamayapti. Davron Hoshimov Navoiy klubiga o'tishi mumkin
Navoiyning "Qizilqum" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida o'z safini kuchli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.
Yozgi transfer bozorini larzaga keltirayotgan "Qizilqum
"Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterov va yarim himoyachisi Oybek Qilichev "Qizilqum" mashg'ulotlariga qo'shilishdi. Bundan tashqari belaruslik himoyachi Vladislav Kasminin ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Bu futbolchilar katta ehtimol bilan 10 avgustda ochiladigan transfer oynasi vaqtida "Qizilqum" safiga ko'chib o'tishadi.
Navoiy klubi "Lokomotiv" va O'zbekiston terma jamoasi azosi Davron Hoshimovga ham qiziqib qolgan. Hozircha Hoshimov "Lokomotiv" safida va kecha "Buxoro"ga qarshi kechgan nazorat bahsida bir taym harakat qildi.
Fikrlar