So’nggi yangiliklar

18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  0 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1

Akmal Rustamov: "Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi"

Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda mehmonlar ustozi Akmal Rustamov fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda vaziyatlarga boy bo'ldi, "Nasaf" bilan uchrashuvdan so'ng bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Qaysi jamoa gol ursa yutib ketardi. Birinchi bo'limda 2-3 ta golga tortadigan vaziyat yaratdik. Oxirgi zarbani berishda oqsayapmiz. Taqdir shu ekan omad Namanganga kulib boqdi. Bitta gol urib g'alabani ilib ketdi",-  deydi Akmal Rustamov.

- "Qizilqum" oxirgi o'yinlarda yaxshi o'ynamoqda. Lekin ruhiy faktormi, birinchi va ikkinchi bo'limdagi  jamoada farq bo'ldi...

- Bu gapingizga qo'shilmagan bo'lardim. Jamoa ruhan yaxshi holatda. O'yindan keyin oraliq kam, yo'l ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Birinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirganimizda 1:0 yutishimiz mumkin edi. Omad "Navbahor" tomonida bo'ldi.

- O'zgartirishlar o'zini qanchalik oqladi?

- O'zgarishlarni aytsam, Nikola Kumburovich va Ilhom Vahobov jarohat olgan. Ular tiklangunga qadar o'zimizning yoshlarga qo'rqmasdan imkoniyat beramiz. Mana shunday o'yinlarda o'zlarini ko'rsatsa, keyinchalik ham asosiy tarkibda o'rinlarini topib ketishadi. 

- Legionerlardan qanchalik qoniqdingiz?

- 3 nafar legionerimiz maydonda edi. Men ikkinchi bo'limda charchoq alomatini ko'rdim. Umuman olganda qoniqdim. Nafaqat ularga balki hamma yigitlarga rahmat aytmoqchiman.

- "Navbahor"da murabbiy o'zgarishi rejalaringizga qanchalik tasir qildi?

- Bu tabiiy holat. Futbolda birinchi murabbiy ketsa, ikkinchisi keladi. Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak edi. Bunga murabbiyning aloqasi bor yoki yo'q deya olmayman.

- Bu yilgi chempionlik kimga nasib qilishi mumkin?

- Hozir aytish qiyin. Oldinda 8 ta tur bor. "Nasaf" 2 ta frontda jang olib boryapti, ularga oson bo'lmaydi. "Neftchi"da esa yuklama kamroq. Shu bois avvaldan gapirish noto'g'ri bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
28 sen 07:13:42
Уз.
Тугри наманганда мураббий алмашиб перезагруска булди лекин жамоа кийналди.галаба козонди кейинги уйинларга омад
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика