So’nggi yangiliklar

03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  7 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  10 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  8 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0

“Qizilqum” - “So'g'diyona”: Mezbonlarning mag'lubiyatsiz yurishi beshtaga etadimi? Yangiliklar

“Qizilqum” - “So'g'diyona”: Mezbonlarning mag'lubiyatsiz yurishi beshtaga etadimi?

Bugun oliy ligamizda birinchi davraning so'nggi tur bahslariga start beriladi.
Turnir jadvalining quyi o'rinlarida borayotgan “So'g'diyona” Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo'ladi.

Ayni paytda “Qizilqum” 14 ochko to'plagan holda 9-o'rinda boryapti. “So'g'diyona” hisobida esa 7 ochko mavjud va bu jamoa 13-o'rinni egallab turibdi. Qizig'i shundaki, “So'g'diyona” pastki o'rinlarda yurgan bo'lsa-da, 14ta gol urishning uddasidan chiqqan. “Qizilqum” esa hozircha 11ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.  

Jizzaxliklar oxirgi to'rt uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozonib, ikkitasida mag'lub bo'lishdi. Jamoa mana shu to'rt o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazib, “Neftchi”ni mag'lub etgan bo'lsa, “Bunyodkor” va “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. Safarda esa “Andijon”ni yutib qaytdi. Mana endi Davron Fayziev shogirdlari bugun ham safarda to'p tepishadi, ammo raqib “Andijon”ga qaraganda ancha kuchli klub. SHunday ekan, “Qizilqum” maydonidan ochko bilan qaytish oson bo'lmaydi.

Agar “Qizilqum” bugungi uchrashuvda g'alaba qozonsa yoki durang qayd etsa, ularning ketma-ket mag'lubiyatsiz seriyasi beshtaga etadi. “Qizilqum” oxirgi marta 8-turda “Lokomotiv”ga imkoniyatni boy bergandi. SHundan beri to'rt uchrashuv o'tkazgan Yuriy Lukin shogirdlari hali mag'lub bo'lishmadi: uchta durang va bitta g'alaba. Birinchi davraning oxirida “Qizilqum” mag'lubiyatsiz seriyasini beshta qilib qo'ya oladimi? Buni bugungi o'yin yakuniga etgach bilib olamiz.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика