So’nggi yangiliklar

13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  1 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  3 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6

"Qizilqum" - "Olmaliq" o'yiniga oid.. Yangiliklar

"Qizilqum" - "Olmaliq" o'yiniga oid..

Jamoamiz uchinchi turda Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Kon-metallurgiya sanoati homiyligi ostida ishtirok etuvchi ikki jamoa o'rtasida bahslar doimo qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgan. Bu ikki jamoa shu kungacha elitada 16 marta uchrashgan. 8 uchrashuvda jamoamiz g'alaba qozongan, 2 o'yin durang va 6 bahsda navoiyliklar g'olib bo'lishgan. To'plar nisbati - 28-23 jamoamiz foydasiga. "Olmaliq"ning "Qizilqum" maydonidagi uchrashuvlari statistikasi esa quyidagicha: 1 g'alaba, 1 durang va 6 mag'lubiyat. To'plar nisbati - 10-18.

Bu ikki jamoa safida ham bir qator futbolchilar turli davrlarda to'p tepishgan. 2 aprel kuni jamoamizga qarshi bir qator sobiq futbolchilar maydonga tushishi mumkin. "Qizilqum" tarkibida 2016 yilda ro'yxatdan o'tgan Akmal Rustamov, Georgiy Kvesieshvili, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov va Sobir Usmonxo'jaevlar turli yillarda "Olmaliq" sharafini himoya etgan. SHuningdek, hozirda jamoamiz tarkibida bo'lgan Ruslan Vagapovda ham sobiq jamoasiga qarshi to'p tepish imkoniyati mavjud.

 Bu bahsni boshqarib boruvchi hakam borasida ham malumotlar bor. Olim Tolibjonov bunga qadar bir marta bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda bosh hakamlik qilgan. 2012 yil Zarafshon shahrida "Qizilqum" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Sanat SHixov va G'ulom O'runov mezbonlarga g'alaba kelturuvchi ikki golga mualliflik qilgan bo'lsa, Zafar Polvonov javob to'pi muallifi bo'lgandi. Umumiy statistika bo'yicha Tolibjonov jamoamizning safarda 5 uchrashuvini boshqargan ekan. SHundan 1 o'yinda g'alaba ("Navbahor" 1:0, 2010y), 1 durang ("SHo'rtan" 1:1, 2013y) va 3 bahsda mag'lubiyat ("Paxtakor" 0:1, 2011y, "Qizilqum" 1:2, 2012y, "Lokomotiv" 0:3, 2013y) qayd etilgan. "Qizilqum"ning o'z maydonidagi uchrashuvlarda Tolibjonov hakamligida 6 o'yindagi statistika quyidagicha: 1 g'alaba ("Olmaliq" 2:1, 2012y), 4 durang ("Dinamo" 1:1, 2013y, "Mashal" 0:0, 2014y, "Buxoro" 1:1 2014y, "Metallurg" 1:1 2015y) va bir mag'lubiyat ("Paxtakor" 1:4 2014y).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика