“Qizilqum” – “Nasaf”: O'z uyida engilmayotgan “Qizilqum”
06 iyu 2014 17:25
Yangiliklar
“Qizilqum” – “Nasaf”: O'z uyida engilmayotgan “Qizilqum”
“Qizilqum”ga bir tomondan qoyil qolsak arziydi.
Bu jamoa bugungacha o'z maydonida beshta o'yin o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozondi va ikki bor durang o'ynadi. Jamoa hali o'z maydonida mag'lubiyatga uchragani yo'q. “Qizilqum” o'zida “Andijon”, “Dinamo” va “Navbahor”dan ustun keldi va “Mashal” hamda “Buxoro” bilan durang o'ynadi.
“Nasaf” haqida gapiradigan bo'lsak, qarshiliklar oxirgi olti turdan beri mag'lubiyatga uchrashmadi. Umuman olganda, “Nasaf” hozircha bir marta engildi va bu mag'lubiyat oliy liganing 4-turida “Navbahor”ga qarshi bahsda ro'y berdi. Bugungi raqibning “Qizilqum” bilan ham safarda o'ynashini hisobga olsak, bahsning birmuncha qiziqarli kechishi kutilmoqda.
“Qizilqum” turnir jadvalida 9, “Nasaf” 4-o'rinda boryapti. Navoiyliklar shu paytgacha oliy ligada 9ta to'p kiritishdi va bugun ular o'ninchi golni urishlari mumkin. Bundan tashqari, “Qizilqum” o'z maydonida eng kam gol o'tkazgan ikkita jamoadan biri: atigi 2ta gol o'tkazib yubordi. Yana bir jamoa esa “Qizilqum”ning bugungi raqibi “Nasaf” bo'lib turibdi.
“Nasaf” safarda to'rtta gol urib, uchta o'tkazib yubordi. Qizig'i, “Nasaf” chempionlik uchun kurashayotgan bo'lishiga qaramay, o'zidan yuqorida turgan jamoalarga nisbatan uchta kam gol urgan. CHunki “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”ning safarda kiritgan to'plari ettitani tashkil etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, bugun Navoiyda “Nasaf”ga oson bo'lmaydi. Har holda “Qizilqum” bor kuchini ishga solishi turgan gap.
X.Xoliqov.

Fikrlar