So’nggi yangiliklar

14:49Компани "Фейеноорд" билан ўйин ҳақида: "Биз гол уришимиз мумкин эди"  0 14:26"Нефтчи" бош директори 2025 йилда ҳам клубда ишлайди   0 14:10Расман: Омар Мармуш – "Манчестер Сити" футболчиси!  8 13:50Рональд Араухо "Барселона" билан яна 6 йилга шартнома имзолайди  7 13:21Винисиус "Реал" сафида 100 талик довондан ўтди  5 13:03Тимур Кападзе: "Биргаликда кучли бўлиб керакли натижани қўлга киритамиз, бошқа йўлимиз йўқ"  40 12:41Ислом Исмоилов: "Қуръада рақибнинг аҳамияти йўқ эди, қўл остимдаги футболчиларимга ишонаман"  3 12:23U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистони, Хитой, Таиланд билан бир гуруҳдан жой олди  8 11:22Постекоглу: "Биз жароҳат туфайли ҳаттоки таржимонимни ҳам йўқотдик"  2 11:09Бизга "Юлдузлар фабрикаси" ярашади  15 10:26"Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Бугун U-17 Осиё кубогига қуръа ташланади  1 09:35"Ал Аҳли" Винисиус Жуниор учун 350 миллион евро таклиф қилишга тайёр  13 09:05“Машъал” жамоасининг украиналик ёрдамчи мураббийи Микола Тишченко клубни тарк этди  0 08:40Про-лига дебютанти ўз етакчиси билан шартномани узайтирди  0

"Qizilqum": Muxlislarga hurmat shumi? Yangiliklar

"Qizilqum": Muxlislarga hurmat shumi?

Teglar :  Qizilqum
Mamlakatimizda futbol ommaviyligini oshirish va yanada rivojlantirish yo'lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham bir-biridan ko'rkam stadionlar barpo etilayotganligi barchamizni birdek quvontiradi, albatta.

Qolaversa, har bir klub qoshida Muxlislar klublari ish boshlaganligi va muxlislar madaniyatini yuksaltirish borasida ishlar olib borilayotganligi biz ishqibozlarni xursand qiladi. Navoiyda asta-sekin raqobatdosh jamoa shakllanayotganidan mamnunmiz. “Qizilqum” PFK rahbariyatining qo'llab-quvvatlashi evaziga qo'ldan kelganicha jamoamiz xoh o'z maydonidagi, xoh safarda uchrashuvi bo'lsin qo'llab-quvvatlashga harakat qilyapmiz.

Oliy liga o'n oltinchi turida sevimli jamoamiz Muborakka safar qildi. Muxlislar klubimizning yuzga yaqin azosi bilan “Mashal” - “Qizilqum” uchrashuvini bevosita stadionda kuzatish uchun Bahrom Vafoev nomidagi stadionga tashrif buyurdik. Bundan tashqari, yana besh yuz nafarga yaqin ishqiboz Navoiydan Muborakka borganligini o'zi “Qizilqum” jamoasi o'yinlariga qiziqish nechog'li katta ekanligini bildirib turibdi.



Afsuski, “Mashal” futbol klubi tomonidan mehmonlar muxlislariga bildirilgan munosabatdan qattiq ranjidik. Muborakdagi stadion o'z bag'riga 8-10 ming tomoshabinni sig'dira olishini aytishdi. 2 avgust kuni stadionda nari borsa 2-3 ming tomoshabin “Mashal” - “Qizilqum” uchrashuvini kuzatdi.

Ammo, navoiylik muxlislar uchun darvoza ortidagi tribunadan joy berishdi. Mayli, bunisiga hech bir etirozimiz yo'q. Bu balki xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgandir. Biroq “Qizilqum” muxlislari uchun ajratilgan tribunada atigi 15-20 foiz o'rindiq o'tirish uchun yaroqli edi. Achinarlisi, o'rindiqlar to'kilib sinib, bo'laklarga bo'linib yotgani bo'ldi.

Yaxshiyamki, sevimli jamoamiz o'sha kuni safarda o'ynasa-da, ishonchimizni oqladi. Muborakdan g'alaba bilan qaytdi. Xudo ko'rsatmasin, biror sabab bilan muxlislar asabi junbushga kelsa, ne hol yuz berishini bir tasavvur qilib ko'ring. Bu - futbol! Hissiyotlarga limmo-lim sport turi bu! Unda har qanday vaziyat sodir bo'lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi axir!



Navoiyga ham ko'plab jamoalar o'z muxlislar klubi azolari bilan tashrif buyuradi. Aksariyat muxlislar klubi bilan o'rtamizda iliq munosabatlar o'rnatilgan. Ularni shahrimizdan ko'ngli to'lib uylariga qaytishlari uchun “Qizilqum” PFK rahbariyati ham, muxlislar klubi ham qo'lidan kelgan barcha ishni qilishadi.

Biroq, Muborakdagi ahvolni ko'rib, raqib jamoa muxlislariga munosabatdan dilimiz xira bo'lgani bor gap. Axir futbol faqat muxlislar uchun o'ynaladi-ku?! Staionda ishqibozlar uchun oddiy shart-sharoit yaratish shunchalar mushkul ishmi? Nahotki, muborakliklar va PFLdagi mutasaddi shaxslar stadionlarimizdagi bu kabi noxush ahvoldan bexabar bo'lishsa?!

Fikrimiz isboti sifatida o'sha kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda tasvirga olingan ayrim suratlarni sizlarga ham ilindik. Zora, bu ahvolni ko'rgan “Mashal” PFK rahbariyati keyingi o'yinlar oldidan o'zlari uchun tegishli xulosa va saboq chiqarishar degan umiddamiz. CHempionatimizning poyoniga etishiga esa hali ancha vaqt bor.

SHahriddin ISHNAZAROV,

“Qizilqum” PFK Muxlislar klubi etakchisi.

 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика