"Qizilqum" klubi 1979 yilgi fojiada halok bo'lgan "Paxtakor"ning navoiylik o'yinchisi qabrini ziyorat qilishdi
11 avg 13:57
Yangiliklar
"Qizilqum" klubi 1979 yilgi fojiada halok bo'lgan "Paxtakor"ning navoiylik o'yinchisi qabrini ziyorat qilishdi
1979 yil ayni shu kuni 11 avgust o'zbek futbolining afsonaviy jamoasi "Paxtakor" aviahalokatga uchragan kundir.
"SHu munosabat bilan jamoamiz mutasaddilari, murabbiylari, futbolchilari hamda futbol faxriylari "Paxtakor" jamoasida to'p surgan navoiylik futbolchi marhum SHuhrat Eshbo'taev qabrini ziyorat qilishdi.
Ushbu ziyorat chog'ida marhum ruhiga Quron tilovat qilindi. SHuningdek uning bolalikdagi do'stlari SHuhrat Eshbo'taevni xotirlab tengdoshlari orasida ajralib turganligi, juda ham quvnoq yigit bo'lganligini va hozirgi barcha yosh futbolchilarga o'rnak bo'la oladigan iqtidor sohibi ekanligi tog'risida so'z yuritishdi", — deyiladi klub xabarida.
Fikrlar