So’nggi yangiliklar

21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  0 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  9 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  7 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  5 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  6 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  4 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2

"Qizilqum" katta va jiddiy loyiha. Alisher Jalilov AGMKda zo'rlaridan biri bo'ladi" - Nikola Lazarevich Yangiliklar

"Qizilqum" katta va jiddiy loyiha. Alisher Jalilov AGMKda zo'rlaridan biri bo'ladi" - Nikola Lazarevich

Navoiyning "Qizilqum" jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lganidan xabaringiz bor.

Tojikistonning turli yosh toifadagi jamoalari, "Xo'jand", "Istiqlol" klublaridagi faoliyati bilan tanish hisoblangan serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich bir necha kun oldin "Qizilqum"da ish boshladi. 

- Janob Lazarevich siz bilan bir yil oldin suhbatlashganimizda O'zbekiston chempionatida ishlash istagi borligini aytgan edingiz. Bundan sizda yurtimizda ishlash xohishi kuchliligini bilish qiyin emasdi. Mana o'sha vaqt ham keldi va siz "Qizilqum"dasiz...

- Intervyuga taklif qilganingiz uchun katta rahmat. Siz mutlaqo haqsiz. Tojikistondagi ko'p yillik faoliyatim davomida bevosita O'zbekiston chempionatini ham kuzatib bordim. Mana shu jarayonda yurtingizda o'zimni sinab ko'rish fikri tug'ildi. Bu erda o'z vaqtida dunyo yulduzlari Skolari, Rivaldo faoliyat olib borgan. SHuningdek o'zbek klublarida serbiyalik futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. SHu bois men uchun O'zbekiston begona davlat hisoblanmaydi. Etarli malumotlarga egaman. 

- Sizda o'tgan mavsumda ham bunday imkoniyat yuzaga kelgan edi. "Dinamo", "Navbahor" jamoalari bilan kelishuv nima uchun o'xshamagan edi?

- "Navbahor" bilan faqat agentlar orqali muzokara bo'lgan. Yakunda ular mahalliy mutaxassis nomzodida to'xtalishdi. "Dinamo" klubi rahbarlari ham meni jamoada ko'rishni istashgan edi, deya olaman. Lekin bu paytda men boshqa jamoa bilan muzokaralarga kirishgandim. 

- "Qizilqum"dan tushgan taklifni qanday qabul qildingiz

- Menda boshqa variantlar ham yo'q emasdi. Ular orasida faqat "Qizilqum"ning taklifi aniqligi etiborimni tortdi. Ko'p ham o'ylab o'tirganim yo'q. Ishonamanki, bu erda jiddiy va katta loyiha bor. 

- So'nggi yillarda Saudiya Arabistonining "Al Tavun", Liviyaning "Al Nasr" klublarida faoliyat yuritdingiz. U erdagi sharoit haqida ortiqcha to'xtalishimiz shart emas. Maydonlar, mashg'ulot jarayoni, vitaminizaciya va hokazo. "Qizilqum"da siz istagan sharoitlarni yaratib berishyaptimi? 

- To'g'ri takidladingiz. Saudiya Arabistonida futbol darajasi juda yuqori. Tashkilotchilik yaxshi saviyada. Infratuzilma borasida ham maqtana oladi. Bir so'z bilan aytganda futbolni rivojlantirish uchun barcha narsa bor. Futbolning har bir segmentida mutaxassislar bor. "Qizilqum" rahbariyati bilan jiddiy muzokaralar olib bordik. Barcha narsani muhokama qildik. Umid qilamanki, hammasi ko'ngildagidek kechadi. 

- Rahbariyat oldingizga qanday maqsadlar qo'ydi?

- Yangi mavsumda oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilgan. O'zimiz ishtirok etadigan hamma frontda oxirigacha kurashishni istaymiz. 

- Hozirgacha "Qizilqum" tarkibiga Temurxo'ja Abduxoliqov, SHuhrat Muhammadiev, Javohir Ilyosov, Aleksandr Stanislavevich, singari sifatli futbolchilarni jalb qildi. Mavsum startiga qadar tarkibda yana kutilmagan sovg'alarni ko'ramizmi?

- Men ham shunday o'ylamoqdaman. Biz tarkibni yana kuchaytirishimiz kerak. Kerakli poziciyalarga 3-4 nafar ijrochi olishimiz mumkin. Turkiyaga ketgunimizga qadar hammasi hal bo'ladi. 

- Istalgan chempionatda chetdan kelgan murabbiydan ko'p narsa kutishadi. Bizda bu narsa ikki hissa kuchli. Bosim esa katta bo'ladi. Xorijlik o'z nomi bilan xorijlik. Natija unda ustuvor sanaladi. Bunga tayyormisiz?

- Murabbiy har doim bunday holatlarga tayyor turishi kerak. Men tabiiy qarayman. Bosim bo'ladi albatta. Biz ayni paytda chempionat startini intiqlik bilan kutyapmiz. 

- Joriy yilda "Dinamo"ni hamyurtingiz Predrag Rogan boshqaradi. Demak o'ziga xos serbiyalik murabbiylar derbisini ko'rar ekanmiz-da...

- "Dinamo"da ikki nafar serbiyalik murabbiy ishlamoqda. Serbiyaliklar derbisi qiziqarli kechishi shubhasiz. SHunga yarasha raqobat ham yuz beradi. Kuchli raqobat bor joyda, sifat ham yaxshi bo'ladi. 

- Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi etakchisi Alisher Jalilov AGMKga ko'chib o'tdi. Bu qishning eng yaxshi transferi bo'lishi mumkinmi? 

- Alisher Jalilov Tojikistonning eng yaxshi futbolchilaridan biridir. Uning kelishi AGMK yarim himoyasini kuchaytirmay qolmaydi. O'ylaymanki, u olmaliqliklar tarkibida eng zo'rlaridan biri bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика