So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  8 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

“Qizilqum” jamoasi 26 yanvar kuni “Andijon” bilan o'ynaydi Yangiliklar

“Qizilqum” jamoasi 26 yanvar kuni “Andijon” bilan o'ynaydi

Teglar :  QizilqumAndijon
Ayni kunlarda oliy liga jamoalari barcha etiborni yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rishga qaratishgan.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 23 yanvar kuni ikkinchi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi. Mashg'ulotlar Navoiy shahrida uyushtirildi.

Rejaga ko'ra, konchilar 24 yanvar ertalab  Farg'onaga etib kelishdi. Hozirda navoiyliklar Farg'onadagi “Aziya hotel” mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda.

“Qizilqum”  futbol klubi murabbiylar shtabi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'in doirasida 29  yanvar - 10 fevral kunlari bo'ladigan  ananaviy “Hokim kubogi” turnirida ishtirok etishni rejalashtirishgan. Ayni chog'da  o'ttiz nafarga yaqin futbolchi murabbiylar ko'rigidan o'tmoqda.

Tarkibda deyarli hech qanday yo'qotish yo'qligi etiborlidir. Jamoani faqatgina himoyachi Asqarjon Muhiddinov tark etgan. Navoiyda tashkil  etilgan ikkinchi bosqich tayyorgarlik mashg'ulotlariga legionerlar ukrainalik Andrey Derkach, Vyacheslav SHevchenko, gruziyalik Georgiy Kvesieshivili kelib qo'shilishgandi. SHuningdek, yangi mavsumdan boshlab Alisher Yusupov, Ilhom Yunusov (ikkisi ham  “Nasaf”dan), Samandar SHodmonov (“SHo'rtan”)lar  “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qilishga yaqin turishibdi.

“Hokim kubogi” turniri bahslari boshlanguniga qadar, “Qizilqum” futbolchilari bir necha nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Jumladan, navoiyliklar Farg'onada dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini 26 yanvarda “Andijon” vakillariga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin Farg'onadagi “Markaziy” stadionda soat 15.00 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика