“Qizilqum” futbolchilari test sinovlaridan o'tishdi
18 fev 2018 02:10
Yangiliklar


“Qizilqum” futbolchilari test sinovlaridan o'tishdi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari kuni kecha Superliga jamoalari oldiga qo'yilgan asosiy talablardan biri – jismoniy tayyorgarlikni aniqlovchi test sinovlaridan o'tishdi.
O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev boshchiligida to'rtta yo'nalish bo'yicha futbolchilarning holatini nazoratdan o'tkazishdi. 30 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish hamda "Yo-Yo" test mashqlarini futbolchilar amalda sinab ko'rishdi.
Test-sinovlari yakunlari O'FA metodik markazida tahlil etilgach, malum qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar