"Qizilqum" futbolchilari poytaxtda tibbiy ko'rikdan o'tishdi
21 jan 2020 00:46
Yangiliklar


"Qizilqum" futbolchilari poytaxtda tibbiy ko'rikdan o'tishdi
Navoiylik futbolchilar yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.
Jamoamiz o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 yanvardan poytaxtga ko'chdi. “Qizilqum“ professional futbol klubi azolari dushanba kuni ertalab Toshkent shahridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Kunning ikkinchi qismida esa jamoamiz vakillari poytaxtimizning "Yoshlik" sport kompleksida maxsus trenajyorlarda mashg'ulot o'tkazishdi.
Yig'in davomida jamoamiz ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar