"Qizilqum" futbolchilari poytaxtda tibbiy ko'rikdan o'tishdi

21 yanv 2020, 00:46
Navoiylik futbolchilar yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.

Jamoamiz o'quv-mashg'ulot  yig'ini 19 yanvardan poytaxtga ko'chdi. “Qizilqum“ professional futbol klubi a'zolari dushanba kuni ertalab Toshkent shahridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.

Kunning ikkinchi qismida esa jamoamiz vakillari poytaxtimizning "Yoshlik" sport kompleksida maxsus trenajyorlarda mashg'ulot o'tkazishdi.

Yig'in davomida jamoamiz ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum