"Qizilqum" yarim himoyachisi Maksim Shackix jamoasida

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2026, 10:04
Antaliyada qo'shni mamlakat jamoalari ham o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Maksim Shackix boshchiligidagi "Aziya Talas" jamoasi tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Farhod Bekmurodov yig'inda qatnashmoqda. U kecha "G'azalkent"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. 

To'ptepar o'tgan mavsumni Navoiyning "Qizilqum" jamoasida o'tkazdi. Superligada 22 ta o'yinda imkoniyatga ega bo'ldi va 1ta gol, 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 150 ming evroga baholagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia