So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  3 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  22 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  5 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  9 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

"Qizilqum": Besh futbolchida shamollash alomatlari kuzatilgan va izolyaciyaga olingandi. Hozir barchasi joyida Yangiliklar

"Qizilqum": Besh futbolchida shamollash alomatlari kuzatilgan va izolyaciyaga olingandi. Hozir barchasi joyida

Xabaringiz bor, ushbu haftada “Qizilqum” futbol klubi futbolchilari, murabbiylar shtabi, barcha ishchi-xodimlardan Navoiy viloyat sanitariya-epidimiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan COVID-19 uchun test tahlillari olingandi.

Bugun championat.asia saytida jamoa azolarining 7 nafarining test natijasi malum qilinmaganligi haqida xabar chop etildi. Navoiy viloyat SEOM xodimlari tomonidan o'tkazilgan test natijalaridan so'ng futbolchilarda ushbu kasallikka chalinish alomatlari bor yoki yo'qligi aks ettirilgan ro'yxat klubga, klub esa o'z navbatida PFLga taqdim etgan. Darhaqiqat o'sha ro'yxatdan jamoaning 7 nafar azosi joy olmagan. Bu esa tabiiyki turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirgan.

Avvalo takidlash joizki, “Qizilqum” PFK da faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq xodimdan test uchun tahlillar olishdi. Tahlil natijalariga ko'ra, ro'yxatdan o'rin olgan dastlabki 50 nafar xodimning javoblari klubga malumot uchun jo'natilgan. Qolgan 50 dan oshiq ishchi-xodimning test tahlili uchun olingan namunalar javobi dushanba kuni malum bo'lishi kutilmoqda.

Qolaversa, futbolchilardan ikki nafari – Azizbek Usmonov va Doniyor Usmonov avvalgi tur o'yinlarida jarohat olishgan va ayni paytda ular jarohatni davolash bilan band. Vohid SHodiev, Muhsin Ubaydullaev, Salim Mustafoev va ikki nafar turkmanistonlik futbolchi Abdi Beshimov va Vezirgeldi Ilyasovda biroz oldinroq shamollash alomatlari kuzatilgan va ular izolyaciyaga olingandi. Ayni paytda ushbu futbolchilarning sog'ligi bilan bog'liq muammolar yo'q. Ular jamoa mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etishmoqda va ushbu futbolchilarning test tahlillari natijasi yangi haftada malum bo'lishi kutilmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика