So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  1 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  19 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

"Qizilqum": Akkreditaciya davom etmoqda Yangiliklar

"Qizilqum": Akkreditaciya davom etmoqda

Yana sanoqli kunlardan so'ng, futbol bo'yicha O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy liga uchrashuvlariga start beriladi.
Sevimli jamoamiz Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari dastlabki turni o'z maydonida o'tkazadi. 14 mart kuni navoiyliklar Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladilar.

“Qizilqum” professional futbol klubi Matbuot xizmati viloyatda faoliyat ko'rsatuvchi ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida akkreditaciya ishlari davom etayotganligini malum qiladi. Jurnalistlar uchun taqdim etiladigan maxsus beyjiklar ularning “Qizilqum” jamoasi ishtirokida o'tkaziladigan mamlakat chempionati va O'zbekiston kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionda o'zlari uchun ajratilgan joydan kuzatish, matbuot anjumanlarida ishtirok etish huquqini beradi.

Akkreditaciya 13 mart kuni to'xtatiladi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari o'zlari faoliyat ko'rsatadigan telekanal, radiokanal hamda tahririyat rahbari imzosi bilan “Qizilqum” PFK ijrochi direktori Hamidjon Aktamov nomiga xat taqdim etishlari lozim. Xatga ikki dona (3,5X4,5 hajmda) surat va pasport nusxasini ilova qilishlari talab qilinadi.

Eslatib o'tamiz, OAV va matbuot xodimlarining o'yinlar chog'ida stadionlarga turli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan guvohnomalar bilan kirishiga ruxsat etilmaydi.

Murojaat uchun telefon - +998933166074.

Elektron pochta manzilimiz:  fcqizilqum@gmail.com
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика