So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

​"Qizil iblislar"ning muvaffaqiyatsizligiga daxldor shaxs Yangiliklar

​"Qizil iblislar"ning muvaffaqiyatsizligiga daxldor shaxs

Ko'zguda - "Manchester Yunayted"

Ser Aleks Fergyusson "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasidan o'z xohishiga binoan ketganidan beri klub o'yinida keskin pasayishlar boshlandi. To'g'ri, o'tgan vaqt mobaynida Evropa ligasi, Angliya kubogi va superkubogi qo'lga kiritildi. Ammo bunday natijalarni baribir Angliya premer-ligasi va UEFA CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatlarga tenglashtirib bo'lmaydi. SHotlandiyalik maestro davrida MYU bugungidan butkul farq qilardi. Sulsher klubga aynan Fergyusson falsafasini jamoaga qaytara oladi degan maqsadda olib  kelindi. Mana shunday super klubning oxirgi yillardagi inqirozida faqat bosh murabbiylarni ayblash noto'g'ri bo'lardi. CHunki jamoa ijrochi direktori Ed Vudvordning ham bunday "sho'ng'ish"ga qo'shib kelayotgan hissasi, "qizil iblislar"ni shu paytgacha boshqarib kelgan murabbiylarnikidan kam emas. Qolaversa, yaqinda ishdan haydalgan Joze Mourino bejizga ushbu shaxs bilan janjallashmagan.

MYUni futbolchilar va agentlar boshqaryapti


Ha, shunday deyish uchun asoslar etarli. Boisi, jamoada sport direktori yo'qligi (MYUda azaldan bunday lavozim bo'lmagan) uchun murabbiylarni tanlash va futbolchilarning oldi-sotdisi bilan bog'liq masalalarni ijrochi direktor lavozimidagi Ed Vudvord hal qilib kelmoqda. Mahalliy OAV vakillari uni futbolchilar va ularning agentlari nog'orasiga o'ynaydigan kishi sifatida bejiz tilga olmaydilar. Misol uchun, Joze Mourino klubni qabul qilib olgan paytda Pol Pogbani "Yuventus"dan MYUga qaytarishlarini so'ramagan. Biroq, franciyalik yarim himoyachining agenti Mino Rayola bilan osh-qatiq bo'lgan Ed Vudvord bu ishni qoyilmaqom tarzda uddasidan chiqqan. SHunindek, yana bir misolni keltirish mumkin. Joriy mavsum arafasida ijrochi direktorning murabbiy va o'yinchilarni tanlash bobida "hid bilish" qobiliyati yuqori emasligi sababli MYU fanatlari samolyotga buyurtma berishdi. O'sha samolyot "Old Trafford"dagi o'yin chog'ida stadion uzra parvoz qildi. Samolyotga osilgan katta bannerga esa shunday so'zlar yozilgandi: "Ed Vudvord - omadsizlik bo'yicha haqiqiy mutaxassis". Haqiqatan ham, bunday o'xshatishlar bejiz emas. Aleksis Sanchesning nafaqat MYUda, balki chempionatda o'ynayotgan futbolchilar orasida eng yuqori maoshga ega bo'lishi ham muzokaralar o'tkazishda no'noq Ed Vudvord tufayli yuz bergan. O'zingiz ko'rib turganingizdek, chililik hujumchi klubga ko'chib o'tganidan beri jamoaga kirishib keta olmadi. Boz ustiga u tez-tez mashg'ulot chog'ida jarohat orttirib olishga ham ulgurmoqda.

G'alati transferlar

Joze Mourino 2018/19 yilgi mavsum arafasida bekorga tarkibni kuchaytirish yuzasidan o'zi tanlagan o'yinchilar o'rniga boshqalari sotib olinganidan nolimagan ekan. Eng qizig'i, endi Ed Vudvord kecha ochilgan qishki transfer chog'ida sotib olinishi rejalashtirilgan futbolchilar ro'yxatini ro'kach qilgan holda klubga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulsherning boshini aylantirishga kirishib ketgan. Ajablanarlisi, bu shaxs "Yuventus"da allaqachon zaxira o'yinchisiga aylanib qolgan Duglas Kostani 60 million evro evaziga sotib olish haqida bosh qotirmoqda. Bundan tashqari, uning ro'yxatidan Kalidu Kulibali va Garri Maguayer singari futbolchilar joy olgan.
Afsonaviy ser Aleks "qizil iblislar"ga ustozlik qilgan kezlarda transfer bilan bog'liq barcha masalalarni bir o'zi hal qilar va boshqalarni ishga aralashtirmasdi. U tomonidan "Manchester Yunayted"ga olib kelingan ko'plab futbolchilar, xususan, Erik Kantona, Petr SHmeyxel, Ruud van Nistelroy, Nemanya Vidich, Rio Ferdinand, Robin van Persi mankunianliklar tarixida yorqin g'alabalar qo'lga kiritilishiga beqiyos ulush qo'sha olishgan. Albatta, Fergyussonda ham transfer borasida ayrim xatolar kuzatilgan. Ammo u tanlagan barcha o'yinchilar keltirgan foydaga qiyoslansa, xato foizi juda oz miqdorni tashkil etadi.

MYUga zudlik bilan sport direktori zarur


Ed Vudvordning yuqoridagi dolzarb vazifa va masalalar bo'yicha yo'l qo'ygan xatolarini erinmasdan sanab chiqilsa 2-3 sahifaga teng material paydo bo'lardi. Qisqacha aytganda, Joze Mourino ishdan chetlatilganidan beri MYUga befarq bo'lmagan kishilar (asosan klub safida muvaffaqiyatli o'ynagan sobiq futbolchilar) transfer masalasi bilan shug'ullanish xizmat vakolatiga kiradigan sport direktori suv va havodek zarur ekanligini bejiz takidlashmayapti. Agar mana shunday mutaxassis olib kelinadigan bo'lsa, Sulsherga ham jamoaning ashaddiy muxlislariga ham yaxshi bo'lardi. Bu masalada bir qancha nomzodlar ham yo'q emas. Asosan mahalliy jurnalistlar shunday ishlarni bajarishda ekspert darajasiga qo'tarilgan italiyalik mutaxassislardan birini "Yunayted"ga olib kelishni yozishmoqda. Jumladan, yaqinda "Inter"da ish boshlaganiga qaramay, Juzeppe Marottani "Old Trafford"ga olib kelishni maslahat berishayotganini ham misol sifatida keltirish mumkin. Hammasi jamoa tepasida turgan aka-uka Gleyzerlarning vaziyatga munosib baho berishlariga bog'liq. Aks holda, "Manchester Yunayted"dagi inqiroz yana davom etaverishi muqarrar.

Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика