So’nggi yangiliklar

21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  20 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  7 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   21 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3

Qiymatlari oshib bormoqda: eng qimmat yosh o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qiymatlari oshib bormoqda: eng qimmat yosh o'yinchilar (mutolaa uchun)

Eng qiymati baland yosh futbolchilar ro'yxatini taqdim etamiz.

Yosh o'yinchilar doim ko'p diqqat-etiborga ega bo'lishgan. Ular top-klublar uchun maqsad hisoblanishadi, shu sabab doim mish-mishlarda tilga olinishadi. Agar shunday o'yinchi sovrinlar uchun kurashadigan jiddiy klub tarkibida bo'lsa, unda uni saqlab qolish va raqobatchilarni kuchaytirmaslik borasida kurash boradi. Hozirda shunday ijrochilar haqida gap bormoqda. Etiboringizga 20 yoshgacha bo'lgan eng qimmat yosh o'yinchilarni taqdim etamiz.


Yeremi Pino

Klub: "Vilyarreal"

Yosh: 20

Transfer narxi: 38 mln evro

Pino "Vilyarreal" tizimida 2019 yilda paydo bo'ldi, bir yildan so'ng esa birinchi jamoa tarkibida o'ynay boshladi. 20 yoshli vinger mavsumdan-mavsumga ko'proq o'yin amaliyoti olmoqda va jamoa uchun muhim o'yinchiga aylanmoqda. Klub ispaniyalik yosh o'yinchiga ishonch bildirmoqda, shu sabab unga uzoq muddatli shartnoma taklif etdi. Ammo, futbolchini baribir "Yuventus" va APLning bir necha klublari kuzatmoqda. Pino yuqori darajaga chiqishi bilan, "submarina" uni bortida saqlab qolishi qiyin bo'ladi, sababi top-klublar juda aktiv bo'lishi aniq.


Eduardo Kamavinga

Klub: "Real Madrid"

Yosh: 20

Transfer narxi: 60 mln evro

Kamavinga "Real" tarkibidagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Francuz "qirollik klubi"ga tezda moslashdi deb bo'lmaydi, ammo u bilan istiqbol uchun shartnoma imzolashgan. 20 yoshli xavbek Karlo Anchelotti qo'l ostida yanada sifatliroq o'yinchiga aylanadi. Futbolchi uchun foydali jihat shuki, uni turli poziciyalarda o'ynatish mumkin. Kamavinga o'tgan mavsumdan farqli ravishda ko'proq o'ynaydigan bo'ldi. "Blankos"dagi yarim himoyachilar o'zgarishi etarli darajada silliq o'tmoqda.


Nunu Mendesh

Klub: PSJ

Yosh: 20

Transfer narxi: 65 mln evro

Mendesh o'tgan mavsumni PSJda ijara asosida o'tkazdi. Parijliklarga portugaliyalik maqul keldi va ular uni "Sporting"dan 38 mln evro evaziga xarid qilishdi. Futbolchi Franciya poytaxtida yuqori darajada ishtirok etishda davom etmoqda. 20 yoshli fulbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist qayd etdi. Yosh qanot himoyachisi uchun yaxshi natija. Mendeshda o'sish uchun katta imkoniyat bor. Asosiysi, PSJ yigitning iqtidorini to'g'ri yo'naltirishi va uning rivojlanishiga yordam berishi.


Florian Virc

Klub: "Bayer"

Yosh: 19

Transfer narxi: 85 mln evro

Virc yangi nemis futbolchilar avlodining eng yorqin vakillaridan biri hisoblanadi. Florian "Bayer"da "CHelsi"ga ketgan Kay Xavercning o'rnini munosib bosmoqda. 19 yoshli nemis o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda 10ta gol va 14ta assistga erishdi. Futbolchining joriy mavsumdagi natijalari yarim mavsumni jarohat sabab o'tkazib yuborganiga qaramay yaxshi (4+8). Xabi Alonso bilan hamkorlik yosh nemisning foydasiga ishlamoqda. Uning ispan murabbiyi qo'l ostida yanada ochilish ehtimoli bor katta.


Gavi

Klub: "Barselona"

Yosh: 18

Transfer narxi: 90 mln evro

Gavi 2015 yildan beri "Barselona" tizimida va Kataloniya klubining bosh iqtidorlaridan biri hisoblanadi. U yoshiga qaramay, o'tgan mavsumdayoq asosiy tarkib o'yinchisi edi. Xavi 18 yoshli xavbekka yanada ko'proq umid bog'lamoqda, u esa o'z navbatida murabbiyni ishga bo'lgan munosabati bilan xursand qilmoqda. "Ko'k-anorranglilar"da Gavining yangi shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq muammo paydo bo'ldi, bundan esa "CHelsi" foydalanmoqchi. Ammo, ispan hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti. "Barselona"da unga uzoq muddatli istiqbolda ishonch bildirishmoqda.


Pedri

Klub: "Barselona"

Yosh: 20

Transfer narxi: 100 mln evro

Kataloniya klubining yana bir yosh, iqtidorli va qimmat vakili. Ronald Kuman oldinroq Pedri "Barselona"da u sabab qolganini aytdi. Aynan niderlandiyalik "ko'k-anorranglilar" yosh ispanni sotishni ko'rib chiqishganida qo'yib yubormagandi. Pedri ham Gavi kabi Xavi jamoasining eng muhim yarim himoyachilaridan hisoblanadi va u o'sishda davom etmoqda. Masalan, 20 yoshli xavbek joriy mavsum La Ligada 6ta gol urdi – bu o'tgan yildagidan 2 karra ko'p. Kataloniyaliklar uzoq muddatli istiqbolda ishonch bildirayotgan yana bir o'yinchi.


Jamal Musiala

Klub: "Bavariya"

Yosh: 20

Transfer narxi: 110 mln evro

Musiala Virc bilan birgalikda Germaniya terma jamoasining kelajagini aks ettiradigan o'yinchilar guruhiga kiradi. 20 yoshli xavbekda Bundestim tarkibida allaqachon 20ta o'yin bor. "Bavariya"da esa birinchi yil asosiy rolda bo'layotgani yo'q. Jamal o'tgan mavsum Bundesligada 30ta o'yinda maydonga tushib, gol+pas tizimida 10 ochko to'pladi (5+5). Hali yakunlanmagan joriy mavsumda esa ko'rsatkichlari 2 karra yuqori (21 ochko, 11+10).  Oldin OAV Musialaga boshqa klublar tomonidan qiziqish haqida yozardi, ammo myunxenliklar hatto bu mavzuda suhbat boshlashni ham xohlashmayapti. "Bavariya" o'yinchini uzoq yillar saqlab qolishga umid qilmoqda.


Jud Bellingem

Klub: "Borussiya Dortmund"

Yosh: 19

Transfer narxi: 120 mln evro

Bellingem Bundesliganing eng qimmat o'yinchisi, eng qimmat ingliz futbolchisi va top-klublarning transfer maqsadi hisoblanadi. SHu bilan birga, unga bo'layotgan shartnomalarda kamchilik yo'qligiga qaramay, futbolchining kelajagi nomalumligicha qolmoqda. Barcha gap bazida o'yinchiga zarar etkazishi mumkin bo'lgan transfer narxida. Jud "Borussiya"ga chempionlik titulini olishga yordam bersa va "Bavariya"ni taxtdan tushirsa, narx yanada yuqori bo'lishi mumkin. O'yinchilar aynan shunday masuliyatli pallalarda o'zlarini ko'rsatishlari kerak.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика