So’nggi yangiliklar

13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  18

Qisqa vaqtda keskin o'zgarayotgan Turin klubi haqida Yangiliklar

Qisqa vaqtda keskin o'zgarayotgan Turin klubi haqida

"Torino"ning A Seriya 31-turi doirasida "Roma" ustidan qozongan g'alabasi tasodif emas.

Italiya futboli muxlislari yaxshi bilishadi: Marko Jampaolo qo'l ostidagi "Torino"ning qanday muammosi borligi hech kimga sir emas. Buqalar o'yin davomida ustunlikni saqlab qololmay qiynalardilar. Jamoa hisobda oldinda borayotgan 5 uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan va yana 4 bor —  durang qayd etgan.

SHu yilnig yanvar oyida jamoaga Davide Nikola keldi va barchasi tubdan o'zgarib ketdi. Birinchi o'yindayoq "Benevento"ga qarshi bellashuvda 0:2 hisobida ortda qolayotgan "Toro" yakunda mag'lub bo'lmadi – 2:2. Ikki hafta o'tib, "Atalanta"ga 0:3 yutqazayotgan bir vaziyatda – 3:3 qayd etildi. "Sassuolo" bilan 0:2 final hushtagi chalinganida 3:2 holiga keltirildi. Nikola bilan "Torino" to'rt bor hisobda ortda qolayotib, bir ochkoga ega chiqdi va yana ikki marta irodali g'alabani tantana qildi. Tunda "Roma"ga qarshi o'yin bo'lib o'tdi va tanaffusga rimliklar 1:0 hisobida oldinda chiqib ketishdi, yakuniy hisob — 3:1.

Xo'sh, Davide Nikola nimani o'zgartirdi? 


"Roma" bilan o'yin oldidan u barchasi optimizmda ekanligini aytdi. "Dunyo optimistlarniki, pessimistlar – shunchaki tomoshabin. Gap, optimistlar qiyinchilik nimaligini bilmasligida emas. SHunchaki ularga ishtiyoq bilan ishlash va o'sishga harakat qilish etishmaydi".

Jampaolo "Torino"sida 18 uchrashuvdan keyin 13 ochko bor edi, Nikola bilan – 12 turda 17 ochko. 

Kuni kecha "Kalyari" o'z o'yinini o'tkazib, "Torino"ga yaqinlashib olgandi, lekin "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "buqalar" yo'qotilgan ochkolar bo'yicha 13-o'rinda.

Odatda bor etibor top jamoalarga qaratiladi va "Torino" kabi klublar, qanday o'zgarishlar qilsa ham odatda futbol jamoatchiligi nigohidan chetda qoladi. Biroq "Torino" kabi klublarda ham juda qiziq, muxlislik qilishga loyiq vaziyatlar ro'y berib turadi. Nazarimizda, aslida futbol shunisi bilan ham qiziq.   


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика