Qishki transfer oynasida APLning ikki klubi Abduqodir Husanov uchun kurashadi
02 dek 22:52
Yangiliklar
Qishki transfer oynasida APLning ikki klubi Abduqodir Husanov uchun kurashadi
"Lans" 20 yoshli Abduqodir Husanovni qishdayoq 25 mln. funtga sotib yuborishi mumkin.
"Tottenxem" hamda "Nyukasl" Liga 1ning porlashni boshlagan yulduzi uchun ovga chiqdi, deyiladi Telegraph nashri chop etgan xabarda.
Malumotlarga ko'ra, Abduqodir Husanovga PSJ va APLnig 7 klubi qiziqish bildirmoqda. "Lans" Husanov transferidan yaxshigina daromad topishi mumkin, chunki Franciya klubi himoyachini 100 000 evro evaziga "Energetik-BGU"dan sotib olgan va ayni damda uni 25 mln. funtga pullay oladi.
"Tottenxem" Kristian Romero hamda Mikki van de Venlarning jarohatidan so'ng yanvarda markaziy himoyachi sotib olish haqida o'ylab qolgan va Husanovni transfer ro'yxatlari qatoriga kiritgan.
"Nyukasl" esa Abduqodirni anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni potenciali yuqori yosh futbolchi deb hisoblaydi.
Fikrlar