So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Qirolning qaytishi: Zlatan yana A Seriyada Yangiliklar

Qirolning qaytishi: Zlatan yana A Seriyada

2012 yil 17 iyul kuni Zlatan Ibragimovich "Milan"dan PSJga o'tgan edi.

Keyinroq "rossoneri" prezidenti Adriano Galliani aslida Zlatan va Tiago Silvani sotishni istamagani, ammo moliyaviy qiyinchilik tufayli shunga majbur bo'lganini aytgandi. Ammo nasib qilgan ekan, Zlatan yana Italiyaga qaytdi va 38 yoshda ham top-hujumchi bo'lish mumkinligini barchaga isbotlab qo'ymoqchi.

"Men hurmat qiladigan klubim va juda yaxshi ko'rgan shahrimga qaytyapman. Jamoadoshlarim bilan mavsumni o'zgartirish va barcha maqsadlarga erishish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman", — deydi Zlatan. U Italiyaning "Yuventus" va "Inter" klublarida ham to'p tepgan, biroq aynan "Milan" safida hozirgi darajasiga chiqqan desak adashmaymiz.

Ibragimovich ketganiga bir yil bo'lganidan so'ng yana Milan shahriga qaytdi, biroq "ko'k-qoralar" tarkibiga emas, "qizil-qoralar" safiga kelib qo'shildi. U Kataloniyada o'ziga biroz o'xshamadi, ammo o'zini topa oldi va ajoyib o'yinlar  namoyish etdi. Zlatan "Yuventus"da ham, "Inter"da ham A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Biroq Allegri "rossoneri" o'yinida uni asosiy figuraga aylantirdi. Zlatan asta-sekinlik bilan bo'lsa-da unga bildirilgan ishonchni oqladi. Qizig'i shundaki, shved "rossoneri"dagi faoliyatini "CHezena" darvozasiga ura olmagan penattidan boshlagandi. Umuman olganda, o'sha "Milan"ni yulduzlardan tashkil topgan jamoa deb bo'lmasdi. Nesta, Indzagi va Gattuzo avvalgidek kuchli bo'lishmasa-da, klub o'z raqiblariga bir amallab qarshilik ko'rsatardi.



Ibragimovich erkin, muayyan bir poziciyaga bog'lanib qolmagandi va hujumda muvozanatni saqlab, o'zi xohlagandek o'ynardi. Allegri qatiy sxemalar tarafdori emas va shu bilan birga, futbolchilar improvizaciya qilishini xush ko'rardi. SHu sababli, Zlatan va Allegri o'rtasidagi munosabat havas qilsa arzirli darajada edi. Ibra birdek Pato va Robinyu bilan ajoyib trio tashkil etgan va ularning barchasi 14tadan gol urishga erishgandi. Zlatan yana ko'proq o'ynashi mumkin edi (o'sha mavsum nafaqat gol urdi, balki 11ta golli uzatma ham berdi). Lekin qizil kartochka olib, diskvalifikaciya qilindi. Ommaviy axborot vositalari uni buyuk Marko Van Basten bilan taqqoslay boshladi, Italiya futbol federaciyasi esa uni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etdi. "Milan" esa kutilmaganda mamlakat chempioniga aylandi. Bu borada Ibragimovichning xizmatlari ulkanligi hech kimga sir emas.

"Qizil-qoralar" sotib olish huquqidan foydalanib, o'ylab ham o'tirmay Ibragimovich uchun 24 million evro sarfladi. 2011/12 yilgi mavsumda Ibragimovich sezilarli darajada kuchayib ketdi. "Milan" esa juda kuchsizlanib qolgan edi va Zlatanning bir o'zi klubni oldinga tortayotgandi. Robinyu va Pato ikkalasi birgalikda 7ta gol urdi, Zlatan esa o'shanda raqib darvozasini 28 marotaba ishg'ol qilishga ulgurgandi (birortasi ham penaltidan urilmagan). CHempionlik mavsumidan keyin jamoa qanchalik zaiflashib qolganini hisobga olsak, statistika juda hayratlanarli! Albatta, Zlatan keyin ketma-ket yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, "Milan", agar Ibra bo'lmaganida, 2-o'rin haqida orzu ham qilmasdi va katta moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'lishi muqarrar edi.

SHunday qilib, Zlatan katta foydasi tekkan klubga yana qaytmoqda. Xo'sh, hozir "Milan"ning ahvoli qanday?! Klub turnir jadvalida 11-pog'onani egalladi, o'tgan tur esa "Atalanta"ga 0-5 hisobda mag'lub bo'ldi. Ibragimovich qiyinchiliklardan hech qachon cho'chimagan, biroq bu mavsum uning faoliyatidagi eng qiyini bo'lishi mumkin. Ha, 35 yoshida APLga ketishi dadil qadam bo'lgan, biroq 38 yoshida klub etakchisi bo'lib, jamoa yuqori cho'qqiga chiqishida yordam berishi shart. Ibragimovichning takidlashicha, u ko'plab o'yinchilardan yomon emas va buni amalda isbotlash uchun bel bog'lagan. "Men A Seriyada 20ta gol ura olaman", — dedi Ibragimovich.



Pioli "noyob brilliant"dan qanday foydalanishini kuzatish juda qiziq. Hayolga birinchi bo'lib 3-5-2 va 4-3-3 taktikalari kelmoqda. Ehtimol, murabbiy Zlatandan yakka pleymeyker sifatida foydalanar. Bu esa Kshishtof Pentek uchun yaxshi yangilik emas. Qolaversa, Pioli ham polshalik hujumchini unchalik xushlamaydi. Zlatanning kelishi esa u zaxira o'rindig'ida o'tirib qolishi yoki ijaraga ketish uchun biror klub izlashiga sabab bo'ladi. Ularni juft holda tasavvur qilish juda qiyin. Sababi Pentek yagona kuchli forvard bo'lishni yoqtiradi. Biroq endi Zlatan bor ekan, uning istaklari amalga oshmaydi. Leao esa Ibragimovich uchun ideal hamroh bo'lishi mumkin: braziliyalik juda tezkor va chaqqon o'yinchi.

Ibragimovichdan sehrni kutish kerakmi? Albatta! Zlatan shunday klubda ham nimalarga qodir ekanini ko'rsatib qo'yadi. Asosiysi, jismoniy formasi unga pand bermasa bo'lgani. Ibragimovichning yonida boshqa futbolchilar ham o'sishi mumkin. "Milan" safida endi haqiqiy etakchi paydo bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Zlatan umuman o'zgarmaydi, u o'zini benuqson deb atadi va buyukligini takroran isbotlashga, Italiyani lol qoldirishga vada berdi. Uning bu g'ayrati barcha narsani qo'lga kiritgan va osongina pul topish ilinjida yurgan, ayniqsa futbol o'ynay olmay avantyura (qimor) yo'liga kirib ketadigan insonlar uchun o'rnak bo'la oladi.


Muallif: Sergey Rumyancev
Tarjima: Nozima Zaripova

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика