Qirolichaning o'limi
19 iyu 2014 13:09
Yangiliklar
Qirolichaning o'limi
6 yil avval ularning ustidan g'alaba qozonishni imkoni yo'q edi, chunki ular ikki bora Evropa va bir bora Jahon chempionlari edi.
Tarixda ulardan ham buyukroq terma jamoa bo'lganmi? Hatto besh bora jahon chempionligiga ega bo'lib turgan braziliyaliklar ham 3 ta yirik turnirda ketma-ket g'alaba qozona olishmagan.
Bu jamoalarni tenglashtirish to'g'ri emasdir. Bu Ispaniya terma jamoasi Gvardiolaning “Barselona” jamoasining maxsuli edi.
Ispaniya futboli doimo buyuk hisoblangan. Ispaniya – bu dunyodagi eng kuchli chempionatlardan biri, yana shu chempionatda “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko” kabi jamoalar bor, ular 14 bora CHempionlar Kubogini qo'lga kiritishgan ( hammadan ko'p). Ammo terma jamoa esa doimo buning aksi. Ularda har doim yaxshi futbolchilar etarli bo'lgan, ammo Evro-1964 da mezbon bo'lib, turnirda g'olib bo'lishganidan so'ng, uzoq vaqt kuboklarsiz qolishgan. Angliya va Franciya ham shunday tarixga ega.
Aytgancha, aynan francuzlar 2002 yilda jahon tarixida ilk bora amaldagi jahon chempionlari bo'la turib guruhdan chiqa olishmagan. Ammo to'rt yildan so'ng Zidan francuzlar uchun final eshigini ochib beradi. Materacci esa kubok yo'lida katta to'siqqa aylanadi va Zidan final bahsida qizil kartochka bilan maydonni tark etadi.
“Qizil furiya” jarohatlaridan bezib qolgan Puyol va Qatarga yo'l olayotgan Xavi bilan birga sahnani bo'shatmoqda. Ular 33 yoshli Kasilyas, 32 yoshli Xabi Alonso va David Vilya, 30 yoshli Fernando Torres bilan ketishmoqda. Kaltaklanib ketishyapti. Ispanlarga mag'lubiyat tilagan butun dunyo yoki uning bir qismining ko'ngli to'ldi.
CHempionlar eslasa arziydigan xotiralar bilan ketishmoqda. So'nggi Evropa chempionatida Visente del Boskening donoligi yarq etib turdi. O'shanda ko'pchilik murabbiyni “maktab o'qituvchisi” deya haqoratlashgan, chunki mutaxassis jamoani himoyadan o'ynashga majbur qilgan va turnir so'nggida bor yo'g'i bir to'p o'tkazib yuborishgan edi. Finalda esa italiyaliklarni yirik hisobda yutishdi. Ispanlar yana yiqilishlar, simulyaciyalar, sudga apelyaciyalarni eslashi mumkin, chunki bu holatlar Ispaniya chempionatining ajralmas qismi. Va nihoyat maydon markazidagi to'xtovsiz to'p oshirishlar o'z nihoyasiga etdi.
Turnir oldidan hech kim bunday sovg'ani kutmagan edi. Ha, Ispaniya huddi ikki yil oldin Evropada favorit bo'lgani kabi mundialda etakchi jamoa emasdi, ammo hech kim ispaniyaliklarni Gollandiya va CHili yigitlari tepadigan to'p bo'lishini tasavvur qilmagan. “Qizil furiya” hatto 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchragandan so'ng ham cho'kmaydigandek ko'ringan edi. O'sha o'yinda Silva huddi ustalardek to'pni darvozabon ustidan oshirib tashlay olganda hisob 2:0 bo'lardi va yakun umuman boshqacha ham bo'lishi mumkin edi. Aynan shu qo'ldan boy berilgan imkoniyatdan so'ng raqib birinchi va ikkinchi golni urdi. Har bir buyuk bokschi hayotida bunday voqea yuz beradi. Ammo ular turib yana jang qilishda davom etishadi, shuning uchun ham ularni buyuk hisoblashadi. Ispaniyada turish uchun kuch qolmagandi.
To'rt yil oldin Ispaniya birinchi turda SHveycariyaga mag'lub bo'ladi va chililiklarni yutib guruhdan bir amallab chiqadi. CHorakfinalda “qizil furiya” Paragvay bilan bahs olib boradi va o'yin tugashiga yarim soat qolganda janubiy amerikaliklar penalti tepish huquqiga ega bo'lishadi – Kasilyas qutqaradi. Uch daqiqadan so'ng esa bunday imkoniyat Xabi Alonsoda paydo bo'ladi, ammo yana omadsizlik. Ispanlarga g'alabani uchrashuv asosiy vaqtining so'nggida Vilya olib keladi.
“Real Madrid”, “Atletiko” va “Barselona” jamoalaridan yig'ilgan futbolchilar bunday o'yin ko'rsatishi albatta tushunarsiz. Bir oy oldin bu yigitlar hissiyotlarga to'la edi va ispan finalida har tarafga o't chaqnardi. Ammo bir qarashda g'alati ko'rinadi. Bu muammolar, muammochalar del Boskega ko'rinmay turib, Braziliyada birdaniga hammasi oydinlashdi.
“Barselona”ning hech bir futbolchisi bu mavsumni yaxsh o'tkazdi deb bo'lmaydi, Pike esa umuman yomon o'ynadi. Diego Kosta esa mashg'ulotlardan ko'ra ko'proq, jarohati bilan kurashdi. Kasilyasning “Real Madrid”dagi holati esa umuman o'zgacha, u jamoada o'ynaydi, ammo asosiy darvozabon emas. Xabi Alonso va Serxio Ramos qiyin mavsumdan keyin o'ziga kelishga ulgurishmadi. Bularni del Boske ko'rmagan va tushunmagan deb o'ylaysizmi? Unda nega murabbiy Koke, Mata va Kasorlaga imkoniyat berishni xohlamadi? Javob ochiq oydin ko'rinib turibdi. Del Boske maydonga o'sha anchadan beri engilmas Ispaniya futbolchilarini tushirdi. Ikki marta Evropa va bir marta Jahon chempioni bo'lgan yigitlariga ishondi. Bu futbolchilar so'nggi o'lim uchun jangga haqqilari bor edi. Ular bu jangni qo'ldan boy berishdi.
Muhammad Ali o'z faoliyatining so'ngida, ringda beshafqatlarcha qo'lqoplar bilan kaltaklanadi, uni hech kim ayamaydi. Ammo bundan bokschi buyukligini yo'qotib qo'ygani yo'q.
Ispaniya ham o'z raqiblaridan ko'pgina zarbalar o'tkazib yuborib, ringni tark etmoqda va futbol tarixidagi o'z o'rnini egallayapti. Uning buyukligi hech qaerga yo'qolgani yo'q.
SHunchaki uch haftadan so'ng boshqa kimdir chempion bo'ladi.
Jasur Aslanov tarjimasi

Fikrlar