So’nggi yangiliklar

16:37"Реал" Камавинганинг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 16:11Ўзбекистонлик ҳужумчи Ироқ чемпионатида ўйнайдиган бўлди  2 15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  15 15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  3 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  2 13:33Иско жиддий жароҳат олди  1 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  5 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1

"Qirg'izistonlik Messi" Guljigit Aliqulov: "Afsonaviy murabbiy Qurbon Berdiev qo'l ostida ishlayotganimizdan xursandman" Yangiliklar

"Qirg'izistonlik Messi" Guljigit Aliqulov: "Afsonaviy murabbiy Qurbon Berdiev qo'l ostida ishlayotganimizdan xursandman"

Qozog'istonning "Qayrat" klubi Turkiya yig'ini doirasida Bosniya chempioni "Borac" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ushbu bahsdan so'ng "Qayrat" safida o'ynayotgan qirg'izistonlik futbolchi Guljigit Aliqulov championat.asia saytiga intervyu berdi. 




- Bugun yoshartirilgan "Qayrat"ni ko'rdik. Nima deb o'ylaysiz, bu medallar uchun kurashishda qiyinchilik tug'dirmaydimi? CHunki tajribali futbolchilar jamoadan ketishdi, ularning o'rnini bosadigan o'yinchilar bormi?
- Albatta, bor. O'ylaymanki, etarlicha shijoatli yosh futbolchilarimiz bor. Asosiysi, kuchli bosh murabbiyga egamiz va yangi taktik uslub ustida ishlayapmiz. Hammasi yaxshi bo'ladi, chempionlik uchun kurashamiz.

- Jamoaning afsonaviy murabbiyi Qurbon Berdiev haqida qanday fikrdasiz?
- SHubhasiz, u afsona. Futbolda ko'p narsaga erishgan. SHunday murabbiy qo'l ostida o'ynayotganimizdan, u jamoamizda ishlayotganidan bag'oyatda xursandmiz.

- U kishi qattiqqo'lmi?
- Juda qattiqqo'l (kuladi). Mashg'ulotlar u kishi uchun birinchi o'rinda turadi. Tartibni xush ko'radi.

- Jamoada o'ziga xos "trio" shakllandi. Siz – "Qirg'izistonlik Messi", Erkebulan Seydaxmet – "Qozog'istonlik Messi" va mana endi o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinovni "O'zbekistonlik Messi" deyishyapti. Hatto "Barselona" ham bunday "trio"ga havas qilgan bo'lardi. Ular bilan birga o'ynash haqida nima deya olasiz?
- Men o'zimni Messiga qiyoslamagan bo'lardim. Qolganlar haqida hech narsa deya olmayman. Xursand qiladigani, ular texnik jihatdan kuchli. Birgalikda ko'p narsalarga erishamiz degan umiddaman.

- Qirg'iziston terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichiga chiqa olmadi, endilikda jamoani Osiyo Kubogi saralashi kutib turibdi. Jamoada Osiyo Kubogida 2-marta qatnashish uchun imkoniyatlar qanaqa?
- O'ylashimcha, biz Osiyo Kubogiga chiqa olamiz. Qirg'iziston terma jamoasi yoshlardan iborat. Biz eng yaxshi tomonlarimizni ko'rsatib, Osiyo Kubogiga yo'l olishga intilamiz. Martda yig'inga kirishamiz va astoydil tayyorlanamiz.

- Saralash bosqichida guruhda qaysi jamoalarga qarshi ro'baro' kelishni xohlagan bo'lardingiz?
- BAA, Mo'g'uliston... Mo'g'ulistonga alamli mag'lubiyatga uchragandik. Umuman olganda, hammasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика