

Iordaniya - Qirg'iziston: Qo'shnilarimizga bitta gol pand berdi
Qirg'iziston Olimpiya terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahsda munosib qarshilik ko'rsatdi. O'yin davomida har ikki jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi, biroq uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Iordaniyaliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi ularga guruhdan chiqish yo'lida muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
IORDANIYA U-23 - QIRG'IZISTON U-23 1:0
Gol: M. Abu Taha (38).
Saudiya Arabistoni - Vetnam: Mezbonlar turnirni tark etishdi!
Kunning eng shov-shuvli natijasi "Al Nassr" stadionida qayd etildi. Musobaqa mezboni va amaldagi chempionlikka asosiy nomzodlardan biri Saudiya Arabistoni o'z maydonida Vetnamga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Vetnamliklar tartibli himoya va tezkor qarshi hujum evaziga mezbonlarni shoshirib qo'yishdi. Yagona gol ikkinchi bo'lim boshida kiritildi va o'yin yakuniga qadar Saudiya termasi hisobni tenglashtira olmadi.
SAUDIYA ARABISTONI U-23 - VETNAM U-23 0:1
Gol: Nguen Van Tung (52).
Bu mag'lubiyatdan so'ng Saudiya Arabistoni guruhda qolib ketdi. Qirg'iziston hamda guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi. Vetnam 9, Iordaniya esa 6 ochko bilan keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqdi.



