So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Qirg'izistonlik Azamat Baymatov Bahraynning "Al Riffa" klubiga o'tdi Yangiliklar

Qirg'izistonlik Azamat Baymatov Bahraynning "Al Riffa" klubiga o'tdi

Qirg'iziston terma jamoasi himoyachisi va sardori Azamat Baymatov Bahraynning Al Riffa klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

2015 yilning sentyabr oyidan Baymatov Bahraynning Sitra klubida o'ynab kelayotgandi. Quyida Azamat Baymatovning Al Riffa futbolchisi sifatidagi ilk intervyusini o'qing:

– Umuman olganda “Sitra” varianti qaerdan chiqqandi? Boshqa takliflar ham bormidi?
– Bunda Qirg'iziston futbol Federaciyasining xizmati katta. Murabbiylar shtabi, muxlislar va jamoadoshlarimga ham rahmat aytaman. Terma jamoadagi yaxshi o'yinlar tufayli nafaqat men Anton Zemlyanuxin, Valera Kichin va boshqalar yangi klublar bilan shartnoma tuzishmoqda. Bunda Aleksandr Sergeevich Krestininning o'rni beqiyos, u birinchi kundanoq ishga bo'lgan munosabatimizni tubdan o'zgartirdi. Iordaniya bilan o'yindan so'ng (0:0) menga Bahrayn Premer Ligasida o'ynadigan Sitra klubidan taklif tushdi. Dordoy rahbariyati o'shanda meni qo'yib yuborgandi, ularga rahmataytaman.

Bahraynda mavsum tugagach, o'tgan yilgi chempion Muharraq va Al Riffa men uchun jiddiy kurashishdi, bundan xursand bo'ldim albatta. Bundan tashqari Misrning Ismoiliya klubdan taklif bo'ldi. Uchta rasmiy taklif bor edi. Yigitlar, oilam va murabbiy bilan gaplashib Al Riffani tanladim. O'zimni aynan shu klubda ko'rdim, ularga men ko'proq kerakman. Jamoada bu mavsumda himoyada muammolar bo'ldi. Ular bilan 2 yillik shartnoma tuzdim. Nasib qilsa keyingi yil Qirol kubogi yoki Gulf Cup (Arabian Gulf Cup) musobaqalarida g'olib chiqmoqchiman. Bu yilgi 4-o'rin Arabiston kubogida ishtirok etishga imkon beradi. Keyingi yil Al Riffa etakchisi bo'lishga va chempion bo'lishga harakat qilaman. Bir yildan keyin esa OFK kubogida qatnashmoqchiman.


– Sitrada tezda etakchi bo'lib oldingiz. Klubdoshlaringiz ketishingizga qanday munosabatda bo'lishdi?
– Sitraga kelganimda faqat chempion bo'lish uchun kelganimni aytgandim. Qirg'iziston terma jamoasi sardori kelayotganini bilishardi. SHu bois men o'zimning bor mahoratimni ko'rsatishim kerak edi.

Deyarli barcha rasmiy o'yinlarda qatnashgan kam sonli futbolchilardan biri bo'ldim. Ikkita uchrashuvda sariq kartochkalarim ko'payib ketgani uchun ishtirok eta olmadim. 3ta gol urganimdan keyin murabbiy menga sardor bo'lishni taklif qildi, yigitlar uning qarorini qo'llab quvvatlashdi.

4ta golim ham jamoamga ochko keltirganidan xursandman.

Sitra rahbariyati va futbolchilar menga minnatdorchilik bildirishdi. Jamoa Premer-Ligada qolishi kerak edi. Biz bunga loyiq edik. Afsus bunday bo'lmadi. Ammo jamoa yosh, hali barchasi oldinda.

– Yangi klubda qaysi raqamda o'ynashingiz malum bo'ldimi?
– Ular, 7 mening sevimli raqamim ekanini bilishadi. Yangi mavsum boshlanishini kutamiz, 7 yoki 17-raqamda o'ynayman.


– Al Riffa Bahraynning etakchi klublaridan biri. Al Riffa o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ymoqda?
– Al Riffadek katta klub bilan shartnoma tuzganimdan xursandman. Bu jamoada Bahrayn terma jamoasining ko'plab azolari o'ynaydi. Rahbariyat ular bilan shartnomani uzaytirdi. Himoyadagi muammolar tufayli meni sotib olishdi. Menga katta ishonch bildirilganini bilib turibman. Klub chempion bo'lmoqchi va Kubokni qo'lga kiritmoqchi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика