Qirg'izistondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Tojikiston murabbiylar shtabi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2016, 12:31
Tojikiston futbol federatsiyasi rahbariyati milliy jamoa murabbiylar shtabini iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Shunday qilib, Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini o'tayotgan Mubin Ergashev JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichidagi qoniqarsiz natijalari uchun o'z yordamchilari bilan egallab turgan mansabidan ozod etildi. Jamoa "B" guruhida to'rtinchi o'rinni egalladi.

Kecha (29 mart) Tojikiston terma jamoasi Qirg'izistonga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Yagona golga Vitaliy Lyuks mualliflik qildi.

Tojikiston terma jamoasini Osiyo Kubogi-2019 saralash uchrashuvlariga yangi murabbiy tayyorlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport.akipress.org