Qirg'iziston. Alisher Azizov chempionatni dubl bilan boshladi
08 apr 2017 21:33
Yangiliklar
Qirg'iziston. Alisher Azizov chempionatni dubl bilan boshladi
Bugun qo'shni Qirg'iziston chempionatida ham yangi mavsum start oldi.
Mavsumning 1-tur uchrashuvida hamyurtlarimiz Alisher Azizov hamda SHohruh Murotov to'p suradigan "Dordoy" va "Qorabolta" jamoalari o'zaro hisob-kitob qilishdi. Aytish kerak, mezbonlarning yirik, 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Alisher Azizov dublga erishdi. Maydon egalarining yana bir goliga Mirbek Axmataliev mualliflik qildi.
"Dordoy" - "Qorabolta" 3:0
Gollar: Alisher Azizov 2ta, Mirbek Axmataliev
Fikrlar