Qidiruv guruhi Sala uchgan samolyot bo'laklari orasidan jasad topdi
04 fev 2019 17:25
Yangiliklar


Qidiruv guruhi Sala uchgan samolyot bo'laklari orasidan jasad topdi
Qidiruv guruhi "Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Sala uchgan samolyot bortida bo'lgan kishining jasadini topdi.
Malumotlarga ko'ra, suvostidagi qidiruv ishlari davomida samolyot bo'laklari ostidan jasad topilgan. Hozircha u futbolchi yoki uchuvchi ekanligi aniq emas.
Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar