Qatorasiga 6-oy Muhammad Saloh “Liverpul”ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi

13 apr 2018, 00:45
“Liverpul”ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh jamoaning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Saloh bu mavsumda qatorasiga oltinchi oy jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb topilmoqda. 25 yoshli futbolchi so'rovnomada jamoa himoyachisi Endryu Robertson va yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenni ortda qoldirdi. Saloh mart oyida 6 ta gol urdi, jumladan, “Uotford” bilan o'yinda 4 ta gol urib, “poker”ga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ливерпуль” расмий сайти