So’nggi yangiliklar

20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  3 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  3 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  6 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  29 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  4 15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  4 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  3 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  10 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2

Qatarlik jurnalist: "Eron va Qatar terma jamoalari mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Hozirgi kundagi Qatar tarkibi O'zbekistonnikidan kuchliroq" Yangiliklar

Qatarlik jurnalist: "Eron va Qatar terma jamoalari mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishadi. Hozirgi kundagi Qatar tarkibi O'zbekistonnikidan kuchliroq"

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi qura natijalaridan so'ng qatarlik sport jurnalisti Ali Salat amaldagi Osiyo chempioni Qatar terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Turli xil terma jamoalar bir guruhdan joy oldi. Qiziqarli o'yinlar guvohi bo'lishimiz aniq. Har bir jamoa o'z uyida maksimal ochko to'plashga harakat qiladi. Eron, O'zbekiston va KXDR terma jamoalari Qatar uchun bosh og'riq vazifasini bajarib beradi. Ayniqsa safardagi o'yinlarda, lekin terma jamoamiz barchani raqiblarni mag'lub eta olishiga ishonaman. Qatar birinchi o'rinni egallashi ham mumkin. Osiyo kubogidagi g'alabadan so'ng kayfiyat yanada ko'tarilgan. Akrom Afif va bosh murabbiyimiz Markes Lopeslarning fikrlari bo'yicha jamoada barchasi alo darajada. Guruhda uchta asosiy raqib: Eron, O'zbekiston va BAA terma jamoalari deb o'ylayman, lekin eng murakkab raqib O'zbekiston. Osiyo kubogidagi asabiy o'yin barchaning yodida. Eron va Qatar jamoalari to'g'ridan-to'g'ri mundialga yo'llanmani qo'lga kiritsa kerak. Qatarning tarkibi O'zbekistondan kuchliroq va shu sababli Lopes jamoasi Jahon chempionatiga birinchilardan bo'lib yo'l oladi. O'zaro o'yinlardagi statistika esa O'zbekiston tomonida. Sizning terma jamoangiz biz uchun har doim noqulay raqib bo'lgan, ammo so'ngi uchrashuvda ushbu noxush ananaga chek qo'ydik. Faqatgina O'zbekistonga qarshi kechadigan safar uchrashuvi meni xavotirga solmoqda" - deya fikr bildirdi qatarlik taniqli sport jurnalisti Ali Salat



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика