Qatarga qarshi 14-uchrashuvdan oldin

Narzulla Saydullayev
16 okt 2018, 11:29
Bugun, 16 oktyabr kuni O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Qatarga qarshi 13ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularning 8tasida O'zbekiston, 3tasida Qatar g'alaba qozongan. 2ta uchrashuvda durang natijasi kuzatilgan. Vakillarimiz 22ta gol urishgan va 13ta to'p o'tkazib yuborishgan.




Ushbu jamoalar bugunga qadar faqat bir marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan. 2014 yil oktyabr oyida Qatarda o'tgan o'rtoqlik o'yinida maydon egalari 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Toshkentda Qatar bilan besh marta to'qnash kelganmiz. Ularning barchasida O'zbekiston g'olib bo'lgan. Bugun ham ushbu anana davom etishini tilab qolamiz.



SanaO'yinUchrashuv maqomiShahar
14.10.2000       O'zbekiston - Qatar 1:1        Osiyo Kubogi-2000Sayda
26.08.2001O'zbekiston - Qatar 2:1JCH-2002 saralashiToshkent 
28.09.2001Qatar - O'zbekiston 2:2JCH-2002 saralashiDoxa
01.03.2006Qatar- O'zbekiston 2:1  Osiyo Kubogi 2007 saralashi Doxa
15.11.2006O'zbekiston - Qatar 2:0Osiyo Kubogi 2007 saralashiToshkent
06.09.2008Qatar- O'zbekiston 3:0JCH-2010 saralashiDoxa
28.03.2009O'zbekiston - Qatar 4:0JCH-2010 saralashiToshkent
07.01.2011Qatar- O'zbekiston 0:2Osiyo Kubogi-2011Doxa
16.10.2012Qatar- O'zbekiston 0:1JCH-2014 saralashiDoxa
18.06.2013O'zbekiston - Qatar 5:1JCH-2014 saralashiToshkent
06.10.2014Qatar- O'zbekiston 3:0O'rtoqlik uchrashuviDoxa
06.09.2016Qatar- O'zbekiston 0:1JCH-2018 saralashiDoxa
28.03.2017O'zbekiston - Qatar 1:0JCH-2018 saralashiToshkent


 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia