Qatarga omad kulib boqmoqda. Ular Evropada o'ynaydi
23 mar 2021 14:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626842_original.jpg)
![](/upload/storage/626842_220.jpg)
Qatarga omad kulib boqmoqda. Ular Evropada o'ynaydi
Qatar terma jamoasi JCH saralash bosqichining Evropa mintaqasida ham ishtirok etadi.
Jamoa bosh murabbiyi Feliks Sanches bo'lajak uchta o'yin uchun 28 nafar futbolchini taklif etdi. Malumot uchun, Qatar terma jamoasi "A" guruhida bahs olib boradi va dastlabki 3ta uchrashuvni Lyuksemburg (24 mart), Ozarbayjon (27 mart) va Irlandiya (30 mart) terma jamoalariga qarshi o'tkazadi. Lekin bu jamoa qayd etadigan natijalar inobatga olinmaydi.
Barcha uchrashuvlar markazlashgan tartibda Vengriyaning Debrecen shahrida bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor, Qatar JCH-2022 mezboni hisoblanadi hamda Osiyodagi saralash bahslarida Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Ular o'rtoqlik o'yinlari o'rnini yopish maqsadida Evropa mintaqasida o'ynashga qaror qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar