Qatar yulduzlar ligasi, 10-tur. "Al Jayish" peshqadamga mag'lub bo'ldi

28 noya 2015, 21:26
Qatar yulduzlar ligasida 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan Qatarning "Al Jayish" jamoasi bugun peshqadam "Ar Rayyan" klubi mehmoni bo'ldi. O'yinda "Jayish" 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Sardor Rashidov uchrashuvda to'liq harakat qildi. "Al Jayish" 23 ochko bilan hamon musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. 

Qatar yulduzlar ligasi, 10-tur.

"Ar Rayyan" - "Al Jayish" 2:1

Gollar: Sebastyan Soriya 45+3, Rodrigo Tabata 87 - Hamdallah 86.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia