Qatar uyali aloqa kompaniyasi o'z abonentlariga 6 GB tekin internet taqdim etadi. Nega?

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 11:58
Kecha, 25 yanvar kuni Qatar terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 chorak finalida Janubiy Koreyani mag'lub etib (1:0), yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Qatarning Ooredoo uyali aloqa kompaniyasi milliy jamoa muvaffaqiyati tufayli o'z mijozlariga maxsus sovg'a taqdim etishga qaror qildi. Ushbu kompaniyaning "Tvitter"dagi rasmiy sahifaida aytilishicha, Ooredoo mijozlariga 6 GB tekin internet ko'rinishida tuhfa taqdim etiladi.

Ushbu kompaniya avval ham shunday sovg'alar bilan o'z mijozlarini xursand qilib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia