So’nggi yangiliklar

01:25Тибо Куртуа: "Хаби ва футболчилар ўртасида муаммо йўқ"  0 00:48Месси: "Яна бир марта жаҳон чемпионатини ютишга ҳаракат қиламиз"  2 00:23Италия Кубоги. "Лацио" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Хумоюнмирзо Иминов “Андижон” билан келишувга эришди  1 23:54Расман: "Пахтакор"нинг яна бир футболчиси "Навбаҳор"да!  4 23:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:40Расман: "Бухоро" футболчиси "Нефтчи"га ўтди  2 23:28Расман: Иброҳим Йўлдошев - "Андижон" футболчиси!  2 23:11"Бавария"га "Брайтон" футболчиси керак  0 22:59"Андижон" яна икки футболчи билан шартнома имзолади  0 22:38Суперлиганинг 30-турида ҳакамлик таҳлили. Хатолар жуда кўп!  0 22:19Расман: Чаласан - "Андижон" футболчиси!  12 21:57Артета жароҳатлар сабабини айтди  0 21:25"Ливерпуль" "Лейпциг" ҳужумчисини таркибида кўрмоқчи  5 20:59Россия термаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5

Qatar termasi bosh murabbiyi Markes Lopes: "O'zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini alohida o'rgandik" Yangiliklar

Qatar termasi bosh murabbiyi Markes Lopes: "O'zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini alohida o'rgandik"

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston uchrashuvidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Markes Lopes qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"SHogirdlarimning saralash bosqichidagi o'yinidan mamnunman. Bo'lajak o'yin biz uchun qanchalik muhimligini juda yaxshi bilamiz va ikkinchi o'rin bilan bo'lsa ham mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish umidini saqlab qolish niyatida uch ochkoni qo'lga kiritishimiz zarur. Bo'lajak o'yinda g'alaba qozonish jamoaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishimiz uchub har bir o'yinda ikki barobar ko'p kuch sarflashimiz va maydonda bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak.

Futbol matematikadan iborat emas, jahon chempionatiga chiqish uchun so'nggi nafasgacha kurashishimiz kerak. Men so'nggi kunlarda guruh mashg'ulotlari davomida o'yinchilarning holatiga asoslanib, ularga katta ishonch bildiraman.

SHubhasiz, bizda himoya muammosi bor, xatolar har bir o'yinda takrorlanmasligi uchun imkon qadar ularni bartaraf etishga harakat qilyapmiz.

Biz har bo'lajak o'yinga har tomonlama tayyor o'yinchilarni tanlashimiz kerak.

Barcha o'yinchilar yana to'g'ri yo'lga qaytib, so'nggi Osiyo chempionatida ko'rsatgan o'yinlarini takrorlashlariga ishonaman.

Guruhimiz murakkab va kuchli jamoalarni o'z ichiga oladi, barcha jamoalar Jahon chempionatiga yo'llanma olish imkoniyatiga ega. O'zbekiston terma jamoasi esa uyushqoq tarkibga va hujum chizig'ida kuchli uchlikka ega. Osiyo kubogida penaltilar seriyasigacha ularga qarshi qanday qiyin kurashganimizni hamma ko'rdi.

Qatar terma jamoasini so'nggi Osiyo kubogi oldidan bir necha kun oldin qabul qilgandim, shunga qaramay, juda qisqa vaqt ichida futbolchilar bilan kelishik ketganmiz, shuning uchun o'z g'oyalarimni o'zgartirmayman.

Raqibni yaxshi o'rgandik. O'zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini alohida o'rgandik", -deydi Markes Lopes.

SHu bilan birga o'yin haqida  Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Vaad ham fikr bildirib o'tdi.

"Bo'lajak o'yinda uch ochko qo'lga kiritib, jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyuradigan Qatar muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yin juda muhim ahamiyatga ega.

Ehtimol, bu hozirda biz uchun o'yin eng muhim o'yin bo'lishi mumkin. Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan maqsadga erishish uchun 200% kuchi sarflashimiz zarur.

SHu o'rinda jamoani qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarni stadionga chorlab qolaman", -deydi Muhammad Vaad.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика