So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Qatar terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Qatar terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz?

Teglar :  JCH-2018Qatar
O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 sentyabr kuni JCH 3-saralash guruh bosqichi 2-turida Qatar terma jamoasi mehmoni bo'ladi.

Terma jamoamiz guruh bosqichi ilk turida Toshkentda Suriya termasini qabul qilib kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi va 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Endi navbat Qatar termasiga. Biz sizlarga Qatar terma jamoasi haqida malumot beramiz.

Qatar futbol associaciyasi
Qatar terma jamoasi tashkil topgan yili:
1960
Prezidenti: Hamad Bin Halifa Bin Ahmad Al-Tani
Konfederaciya: AFK (Osiyo)
Sub-Konfederaciya (G'arbiy Osiyo)
Bosh murabbiy: Xose Daniel Karreno (Urugvay)
Terma jamoa sardori: Bilol Muhammad
Eng ko'p o'yin o'tkazganf utbolchi: Vesam Riziq (111)
Eng yaxshi to'purar: Mansur Muftah (53)
Stadioni: “Jassim Bin Hamad”

FIFA Kodi: QFA
FIFAga azo bo'lgan yili: 1970
OFKga azo bo'lgan yili: 1974
FIFA reytingida ayni damdagi o'rni: 80 (11 avgust 2016)
Eng yuqori o'rni: 51 (avgust 1993)
Eng past o'rni: 113 (noyabr 2010)
Ilk xalqaro uchrashuvi: Bahrayn - Qatar 2:1. (Bahrayn, 27 mart 1970)
Eng yirik g'alabasi: Qatar-Butan 15:0. (Doxa, Qatar, 3 sentyabr 2015)
Eng yirik mag'lubiyati: Quvayt-Qatar 9:0. (Quvayt, 8 yanvar 1973)
Jahon chempionatidagi ishtiroki: Ishtirok etmagan
Osiyo kubogida ilk bor ishtiroki: (1980 yil 9-pog'ona)
Eng yaxshi natijasi: CHorak final (2000, 2011)



1970-1980
Qatar futbol associaciyasi 1960 yili tashkil topib, 1970 QFA FIFA azosiga azosiga aylanadi. Qatar terma jamoasi ilk xalqaro uchrashuvini 1970 yili 27 mart kuni Baxrayn terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu tarixiy bahsda Qatar termasi mehmonda (1:2) hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu o'yinda Qatar termasidan Baxrayn darvozasini ishg'ol qilish Muborak Farajga nasit etdi. Yangi tashkil topgan jamoa Qatar Ko'rfaz kubogida hayratlanarli natija qayd etdi. Qatar terma jamoasi Ummon termasini (4:0) mag'lub etib xalqaro futbolda ilk sovrinini qo'lga kiritdi. Qatar terma terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasiga yarim finalda mag'lub bo'ladi. 3 o'rin uchun kechgan bahsda BAA termasini penaltilar seriyasida mag'lub etadi. Birinchi marotaba 1975 yili Osiyo kubogi saralash bahsida kuch sinashishadi. Ammo, ular 1976 yilgi Osiyo chempionati saralashidan o'ta olishmaydi. SHunga qaramay 4-Fors ko'rfazi kubogida Qatar 3-pog'onani egallaydi. Qatar terma jamoasi 1977 yili Jahon chempionati saralash bosqichidagi o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi. 1977 yili 11 mart kuni Qatar BAA bilan to'qnash keladi. So'nggi daqiqada BAA raqobatlashishdan bosh tortadi va Qatarning debyut uchrashuvi ikkin kundan so'ng bo'lib o'tadi. O'shanda Qatar terma jamoasi Baxrayn termasini Doxada qabul qiladi va (2:0) hisobida g'alaba qozonadi.  

1980-1990
Qatar terma jamoasi ilk bor 1980 yili Evariston De Masedo qo'l ostida debyut qildi. Qatar Bangladesh va Afg'oniston termalari bilan bir guruhdan joy olishdi. Ushbu guruh qolgan guruhlarga qaraganda Qatar termasi uchun nisbatan osonroq edi. Qatar ilk bor Osiyo chempionati final raundida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ular asosiy turnirda tasirli natija qayd etishadi. Guruh bosqichida 4 uchrashuv o'tkazaib, 1 g'alaba 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan 3 ochko jamg'argan holda o'z yurishlarini guruh bosqichidayoq yakunlashadi. 1984 yilgi Ko'rfaz kubogida Qatar terma jamoasi finalga qadar etib boradi va finalda Iroq termasiga (asosiy vaqt 1:1) penaltilar seriyasida 4:3 hisobida imkoniyatni boy beradi. Ushbu musobaqadan so'ng Qatar shu yili Osiyo kubogi saralash bosqichida ham ishtirok etadi. Saralashda Xitoy, Iordaniya, Gonkong, Afg'oniston termalari bilan bir guruhdan joy oladi. Ushbu guruhda Xitoy hamda Qatar terma jamoalari Osiyo chempionati final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 1984 yilgi Osiyo chempionati final raundida Saudiya Arabistoni, Quvayt, Suriya hamda Janubiya Koreya termalari bilan “A” guruhidan joy egallashadi. Qatar ushbu guruh bosqichida 4 uchrashuvda 1 g'alaba, 1 durang, 2 mag'lubiyat bilan 4 ochko jamg'argan holda guruhda qolib ketadi. Mana shunday omadsiz ishtiroklaridan so'ng Qatar termasi 1986 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi. 1986 yilgi JCH saralash bosqichida Qatar Iroq, Iordaniya va Livan termalari bilan bir guruhdan jo olishadi. Ushbu guruhda Qatar termasi ilk uchrashuvni Iordaniya termasiga qarshi o'tkazadi va kichik (0:1) hisobida imkoniyatni boy beradi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Qatar bor etiborini Doxa shahrida bo'lib o'tadigan o'yinga qaratadi. Ushbu bahsda Qatar termasi o'z uyida Livan termasini qabul qiladi va yirik (7:0) hisobida zafar quchadi. Livanga qarshi ikkinchi bahsda ham yirik natija qayd etiladi (8:0). Ikki o'yin natijasiga ko'ra Qatar terma jamoasi Livan termasini (15:0) hisobida yanchib tashlaydi. SHundan so'ng Livan terma jamoasi saralashdan chetlatiladi va barcha uchrashuvlar natijalari bekor qilinadi. Ushbu voqeadan so'ng jamoalar boshqatdan o'yin o'tkazishadi. Qatar termasi Doxada Iroq termasini qabul qiladi va yirik (3:0) hisobida g'alabaga erishadi. Qatar keyingi bahsini ham Doxada o'tkazadi va Iordaniyani qabul qilib (2:0) hisobida g'alaba qozonadi. Bu natija Qatarning ushbu saralash bosqichidagi so'nggi g'alabasi edi. Iroq Hindistonda Qatarni qabul qiladi va o'ziga hos revansh oladi (2:1). SHunday qilib Qatar terma jamoasi saralash bahslarida 4 uchrashuv o'tkazib 2 g'alaba, 2 mag'lubiyat bilan 6 ochko jamg'argan holda guruhda qolib ketadi.



1990-2000
Balki Qatar 1990 yili o'zining eng yuqori darajasiga etishgandir. 1993 yili Qatar terma jamoasi FIFA reytingida 53 pog'onani egallaydi va eng yuqori natijasini qayd etadi. 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida Qatar terma jamoasi “D” guruhida Yaponiya, BAA va Myanma terma jamoalari bilan “pley-off” bosqichiga chiqish uchun bellashadi. Qatar termasi guruhdagi ilk uchrashuvini BAA termasiga qarshi o'tkazadi va durang (2:2) natija qayd etadi. Qatar termasi guruhdagi keyingi ikki bahsda ham durang natija qayd etadi. Yaponiya-Qatar 1:1, Myanma-Qatar 2:2. SHunday qilib Qatar 1994 yilgi yozgi Osiyo o'yinlarini guruh bosqichidayoq 3 ochko bilan yakunladi. 1996 yilgi Osiyo kubogi final raundi uchun o'tkazilgan saralash bahslarida Qatar terma jamoasi Suriya hamda Qozog'iston bilan bir guruhdan joy oladi. Ushbu saralash bosqichining ilk uchrashuvida Qatar termasi Qozog'iston bilan to'qnash keladi va kichik hisobda qo'shnilarimizga imkoniyatni boy beradi. Qatar keyingi bahsni Suriya termasiga qarshi o'tkazadi va kichik hisobda g'alaba qozonadi. SHunday qilib Qatar terma jamoasi Qozog'iston bilan guruhda javob o'yinini o'tkazadi va yirik (3:0) hisobida g'alabaga erishadi. Bir qarashda go'yo Qatar terma jamoasi Osiyo chempionati final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadigandek ko'rinadi. Ammo Suriya termasi bunga rozi bo'lmaydi va juda ham muhim bo'lgan uchrashuvda Suriya terma jamoasi Qatardan o'ziga hos revansh oladi va (3:1) hisobida g'alabaga erishadi. SHunday qilib Qatar 1996 yilgi Osiyo chempionati final raundida ishtirok etishdan mahrum bo'ladi.

2000 yil Osiyo chempionati final raundida ishtirok etish uchun saralash bosqichi o'tkaziladi. Qatar terma jamoasi 2000 yilda Livanda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralashda Qozog'iston, Iordaniya, Falastin va Pokiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi. Ushbu guruhda Qatar 4 uchrashuvning 3 tasida g'alaba qozonadi va Iordaniyaga qarshi o'yinda durang natija qayd etadi (2:2). Guruhda Qatar 10 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni egallaydi va Livanda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 2000 yilgi Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Yaponiya va O'zbekiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishadi. 2000 yilgi Osiyo chempionatining 14 oktyabr sanasida Qatar O'zbekiston terma jamoasi bilan guruhdagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Ushbu o'yin “Saida International” stadionida bo'lib o'tadi. Murosasiz kechgan uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashadi (1:1). Qatar terma jamoasidan Muhammad G'ulom darvozamizni ishg'ol qilgan bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasidan esa Mirjalol Qosimov raqiblar darvozasini ishg'ol qiladi. Ushbu Osiyo chempionatida Qatar barcha o'yinlarda durang natija qayd etgan bo'lsa, O'pbekiston terma jamoasi 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan musobaqani tark etadi. Qatar terma jamoasi esa musobaqaning barcha guruhlari orasida eng yaxshi natija qayd etgan 3-jamoa bo'lib “pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. “Plef-off” bosqichida Qatar Xitoy terma jamoasi to'sig'idan o'ta olmaydi (3:1). SHunday qilib ushbu musobaqada ham Qatar terma jamoasi yuqori natija qayd eta olmaydi.



2004 yil. Osiyo chempionati, Xitoy
Xitoy mamlakati futbol bo'yicha Osiyo chempionatiga 2004 yili mezbonlik qildi. Osiyo chempionatining final raundiga chiqish uchun barcha terma jamoalar saralash bosqichida qatnashdi. Hususan, Qatar terma jamoasi saralashda Quvayt, Singapur va Falastin terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi. Ushbu guruhda Qatar 6 uchrashuv o'tkazib 3 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat bilan 11 ochko jamg'argan holda Osiyo chempionatining final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Xitoy mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi guruhda so'nggi o'rinni egallab musobaqani tark etadi.

2007 yil. Osiyo chempionati, Vetman, Indoneziya, Malayziya va Tailand
2007 yili Osiyo chempionatiga Vetnam, Indoneziya, Malayziya va Tailand davlatlari mezbonlik qiladi. ushbu musobaqaning final raundiga chiqish uchun Osiyo terma jamoalari saralash bosqichidan o'tish kerak bo'ladi. 2007 yilgi Osiyo chempionati final raundiga chiqish uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi “F” guruhida Qatar, Gonkong va Bangladesh bilan kuch sinashadi. Ushbu saralashda O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk uchrashuvni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'tkazadi va yirik (5:0) hisobida zafar quchadi. Guruhdagi ikkinchi o'yinni esa Qatar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Afsuski, ushbu bahsda vakillarimiz Qatar terma jamoasiga (1:2) hisobida imkoniyatni boy beradi. SHunday qilib, vakillarimiz o'rin olgan guruhda Qatar birinchi pog'onani egallab Osiyo chempionati final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'rin bilan yirik musobaqa final raundi yo'llanmasiga ega chiqadi. Osiyo chempionati final raundida O'zbekiston terma jamoasi “S” guruhidan o'rin olgan bo'lsa, Qatar terma jamoasi “V” guruhidan o'rin egallaydi. Qatar terma jamoasi guruhda 2 durang va 1 mag'lubiyat bilan 2 ochko jamg'argan holda o'z yurishini guruh bosqichidayoq to'xtatadi. O'zbekiston esa o'z guruhida Eron terma jamoasidan keyin ikkinchi o'rinni egallab “pley-off” yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Afsuski, vakillarimizning yurishini Saudiya Arabistoni terma jamoasi “pley-off” bosqichida to'xtatadi. Ushbu musobaqada bizning terma jamoamiz ham Qatar terma jamoasi ham omadsiz ishtirok etadi.

2011 yil. Osiyo chempionati, Qatar
2011 yilgi Osiyo chempionatiga Qatar davlati mezbonlik qilganidan xabaringiz bor. Ushbu musobaqada Qatar terma jamoasi hech qanday saralashda qatnashmasdan to'g'ridan to'g'ri final raundi guruh bosqichida ishtirok etadi. Qatar terma jamoasi ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bilan “A” guruhidan joy egallaydi. Qatar bilan bo'lgan uchrashuvda vakillarimiz (2:0) hisobida taslim etishadi. Ushbu Osiyo chempionatida vakillarimiz tarixda ilk bor yarim finalga qadar etib boradi. O'shanda Vadim Abramov boshchiligida vakillarimiz yarim finalda Avstraliya terma jamoasigaq arshi bahs olib boradi va yirik (0:6) hisobida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiya Koreya bilan kechgan uchinchi o'rin uchun bahsda ham imkoniyatni koreyaliklarga boy beradi (2:3). Qatar terma jamoasi esa chorak finalda Yaponiya terma jamoasiga (2:3) hisobida imkoniyatni boy beradi.

2015 yil. Osiyo chempionati, Avstraliya
2015 yilgi Osiyo chempionatiga Avstraliya davlati mezbonlik qilganidan xabaringiz bor. Ushbu musobaqaning final raundi oldidan barcha terma jamoalar saralash bahsini o'tkazishdi. Ushbu saralash bosqichida Qatar terma jamoasi Baxrayn, Malayziya va Yaman terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishdi. Ushbu guruhda Qatar 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat bilan 13 ochko Baxrayn esa 4 g'alaba, 2 durang natija qayd etib 14 ochko jamg'argan holda Osiyo chempionati final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. SHu bilan Qatar terma jamoasi Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionati guruh bosqichida Eron, BAA va Baxrayn termalari bilan bellashadi. Ushbu guruhda Qatar terma jamoasi 3 uchrashuv o'tkazib, uchchalasida ham raqiblarga imkoniyatni boy beradi va musobaqani guruh bosqichidayoq tark etadi. Qatar terma jamoasini Ociyo chempionatlaridagi ishtiroklarini olib qaraydigan bo'lsak, 2 bor 2000 va 2011 yillari chorak finalga qadar etib kelgan ekan. Bu ularning barcha Osiyo chempionatlarida ishtirok etib qo'lga kiritgan eng yuqori natijalari bo'ladi.


2016 yil. JCH-2018 uchun saralash
2018 yilgi Jahon chempionatiga Rossiya davlati mezbonlik qilishidan barchaning xabari bor. Osiyo davlatlari ushbu musobaqaning final raundiga chiqish uchun bir qancha saralash bosqichlaridan o'tib kelishmoqda. Ushbu saralash bosqichining ilk raundida Qatar terma jamoasi Xitoy, Gonkong, Maldiv va Butan terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishdi. Ushbu guruhda Qatar 21 ochko, Xitoy esa 17 ochko jamg'argan holda so'nggi saralashning 3-bosqichiga etib kelishdi. 3-saralash bosqichida Qatar, O'zbekiston, Xitoy, Eron, Suriya va Janubiy Koreya terma jamoalari “A” guruhidan joy olishdi. So'nggi bosqichning ilk turida Eron, Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari zafar quchishgan bo'lsa, Xitoy, Suriya va Qatar mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Ikki guruhdagi barcha terma jamoalar ertaga guruhdagi ikkinchi tur uchrashuvlarini o'tkazishadi. Ushbu turda biz uchun muhim bo'lgan, Qatar hamda O'zbekiston terma jamoalari to'qnash kelishadi.
Qatar terma jamoasining JCH saralash 3-bosqichining guruhdagi 1-tur uchrashuvini tanishtirib o'tamiz.

Eron - Qatar 2:0. Tehron, “Ozodi” stadioni
Gollar:
Rizo Guchannajod (90+4), Alirizo Jaxonbaxsh (90+10)
Eron: Alirizo Beyranvand, Ehson Hojisafiy, Jalol Husayniy, Pejman Montazariy, Ramin Rezayan, Sayid Izzatullohiy, Ashkan Dejaga (Vadim Amiri), Sardor Azmun (Karim Ansarifard), Andranik Teymuryan, Alirizo Jahonbahsh, Mehdi Taremi (Rizo Guchannajod).

Bosh murabbiy: Karlush Keyrush

Qatar: Amin Lekont, Abdulkarim Hassan, Luiz Junior, Ali Asadalla, Rodrigo Tabata (Akram Hassan), Hassan Al-Xaydos, Pedro Migel (Muhammad Musa Ali), Bualem Xuxi, Ahmed Yosir (Muhammad Kasola), Karim Budiaf, Sebastian Soria.

Bosh murabbiy: Xose Daniel Karreno

Eslatib o'tamiz, ertaga 6 sentyab kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar terma jamoasi bilan JCH 3-saralash bosqichida guruhdagi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi. Ertangi uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlang.


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика