So’nggi yangiliklar

18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  4 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  11

Qatar. "Qatar" SK durang o'ynadi, Rashidovdan assist Yangiliklar

Qatar. "Qatar" SK durang o'ynadi, Rashidovdan assist

Qatar chempionatining 19-turi doirasidagi "Qatar" SK - "Umm Salal" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Qatar" SK - "Umm Salal" 1:1

Gol: Kayke (51), Fahad Halfan (72). 

"Qatar" SK: Jassim Al Xail (Mutasim Al Bustami, 15), Muhammad Al Rabi, Ali Avad (Abdulaziz Odil, 67), Nosir Pir, Mexdi Barraxma, Abdunasur Al Hayotiy, Alexandro Galves, Eysa Palangi, Hamad Mansur (Holid Abdulrauf, 89), Sardor Rashidov, Kayke Rodriges.

"Umm Salal": Solih Al Kaani (Muxsin Tombari, 46), Ibrohim Nosir (Abdulrahmon Abubakar, 87), Ayub Azizi, Raul Beserra (Fahad Halfan, 61), Ismoil Ibrohim, Muhammad Kasola (Odil Al Sulaymoniy, 46), Volid Meslub, Baba Malik, Kuaye Avulji (Rami Fayoz, 61), Yahyo Umar, Enes Sipovich.

Ogohlantirish: Raul Beserra (9), Nosir Pir (30), Mexdi Barraxma (60), Alexandro Galves (63), Abdulaziz Odil (71).

Qatar SC

Qatar Stars League . 19-tur

03/08/2020, 21:45

1
:
1
Tugadi

Umm Salal

45'
90'

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Sardor Rashidov assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan uchrashuvda "Qatar SK" durangga erishdi.

90+3. Kayke hujumga o'tib ketayotgandi. Ayub Azizi uni to'xtatdi.

5 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAA!! Rashidovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi erga bir sapchib, darvoza tomon ketayotgandi. Darvozabon qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

89. ZARBAAA! Kayke qulay nuqtadan judaaaa noaniq zarba yo'lladi.

88. "Umm Salal" tinmay bosim qilmoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni Bustami urib yubordi.

85. SHarhlovchiga qoyil. SHunday zerikarli o'yinni juda tez va qiziq sharhlamoqda. SHarhni eshitib o'yinni ko'rging kelaveradi)

82. Qatarlik futbolchilar juda ham intizomli ekan. Ishlatgan foli uchun birdaniga kechirim so'rab ketishmoqda (bezbetlarcha yugurib ketishmayapti).

81. Rashidovning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

79. "Umm Salal" himoyachisi xatoga yo'l qo'ygandi. Kayke vaziyatni o'qishda kechikdi va himoyachi o'z xatosini to'g'rilab ketdi.

76. IEE!! Rashidovning to'p uzatishidan keyin rikoshet bo'lib, to'p darvozaga kirib ketgandi, chiziqdan o'tgandek ko'rindi. To'pni avvaliga darvozabon, keyinchalik himoyachi qaytarib yubordi. VARda ko'rib chiqish kerak edi.

72. GOL! Fahad Halfan penaltidan unumli foydalandi!

71. PENALTI! "Qatar SK" darvozasi tomon.

70. VAR ishga tushdi. Abdulaziz Odil o'z jarima maydonchasi ichida Ayub Azizini yiqitgani uchun penalti belgilanishi mumkin. Umuman olganda bu vaziyat penaltiga tortadi. Abdulaziz Odilga sariq.

63. Juda chiroyli va ibratli vaziyat. Galves raqibini ortidan yiqitdi. Beserra unga yugurib kelib, etiroz bildirmoqchi bo'lgandi. Galves qo'llarini birlashtirib, Beserradan kechirim so'radi. Beserra Galves bilan qo'l urishtirib o'tib ketdi. Ajoyib!

62. O'yinni ko'rib, qanaqasiga Qatar chempionati O'zbekistonnikidan yuqori turishiga tushuna olmayapman...

60. UXXXX!! VAR ishga tushdi. Ehtimoliy qizil kartochka ko'rib chiqildi. Yaxshiki Barraxma raqibini urgani uchun hakam sariq kartochka bilan cheklandi.

58. ZARBAAAAAA!! Rashidovning faolligidan keyin Ali Avad raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Posbon to'pni qaytardi.

56. ZARBAAAAAA!!! Qanotdan havolatib uzatilgan to'pga Kayke boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

53. Tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgan Sardor Rashidovni Umar Yahyo ochiqasiga ushlab to'xtatdi.

51. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Rashidov markazda raqibidan to'pni olib qo'ydi va raqib jarima maydonchasi yonigacha keldi. Keyinchalik Kaykega pas oshirdi. Kayke bir urinishda darvozani ishg'ol qildi. Sardordan assist!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Demak, jamoalar maydonga qaytishdi. Ikkinchi bo'lim boshlanishga tayyor.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:0.

45+6. VAR ishga tushdi. Hakamlar extimoliy penaltini ko'rib chiqishdi. Biroq bu pallada Kasola ishlatgan foliga penalti berilmadi.

45+4. Rashidov bir raqibin ikki-uch marta aldab to'pni qanotdan darvoza yoniga uzatdi. Podacha biroz o'xshamay qoldi.

45+2. ZARBAAAAAAA!! Rashidovning burchakdan oshirgan to'piga Hamad Mansur boshi bilan zarba biroz noaniq zarba yo'lladi.

45+1. ZARBAAAAAAA!! Rashidovning bu safargi kuchli va aylanma traektoriyali zarbasini posbon qiyinchilik bilan urib yubordi.

Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAA!! Rashidovning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasini Kaani ushlab oldi.

44. Juda nozik vaziyat. Kasola "Qatar SK" jarima maydonchasi ichida bir necha raqibini aldagandi. Himoyachi uni yiqitib to'pni olib qo'ydi.

42. To'p Beserraga o'tganida u "Qatar SK" posboni bilan birga bir holatga chiqib ketardi. Yaxshiki to'p rikoshet bilan Al Bustami qo'llariga borib tushdi.

40. Palangining jarimadan uzatgan to'pini Kasola qaytarib yubordi.

37. ZARBAAAAAAA!! Nosir Pirning uzoq masofadan yo'llagan xavfli zarbasini Kaani qiyinchilik bilan ushlab oldi.

36. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Volid Meslubning xavolatib uzatgan to'piga Beserra boshi bilan zarba yo'llay olmadi.

33. Barrahma raqibi Beserra "Qatar SK" jarima maydonchasi ichiga kirib kelishi va darvozabon bilan birga bir holatga chiqib ketishiga yo'l qo'ymadi.

30. UXXXXXX!!! Markazda Kasolaga qarshi oyoqni tikka olib borib, xavfli o'ynagani uchun Pir Nosir ogohlantirildi.

27. Ali Avad markazda Rashidov tomon noaniq pas berib, aybni Sardorga to'nkab qo'ydi. Bu pallada to'p Rashidovning yaqiniga ham kelmagandi. Aytgancha, Rashidov chap qanotga o'tib oldi.

26. Ibrohim Nosirning qanotdan "Qatar SK" jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib qolishdi.

24. Rashidov boshladi. Markazda u bir yo'la uch futbolchining orasidan o'tib, jamoadoshi uchun pas berdi. CHiroyli vaziyat bo'lgandi.

22. "Qatar SK"ning bu safargi hujumi Kaykening noaniq pasi sababli uzilib qoldi.

19. "Umm Salal" hujumga o'tib ketayotgandi. Galves fol orqali hujumni to'xtatdi.

16. UXXXX!! Jassim o'rniga maydonga tushgan Al Bustami "qovun tushurishi" mumkin edi. Jamoadoshi uzatgan to'pni tepib yuborishda Mutasim xatoga yo'l qo'yib, darvozasiga kiritib qo'yishi mumkin bo'lgandi. To'p burchakka chiqib ketdi.

14. Darvozabon Jassim kutilmaganda hushidan ketib qoldi. U baribir almashtiriladi.

13. Yo'q, juda uzoq davom etgan suhbatdan so'ng Jassim o'zida kuch topib, darvozani qo'riqlashda davom etishini malum qildi. Hech kim o'zgarmadi.

11. Al Hail almashtiriladi. Uning boshi bog'lab qo'yildi. "Qatar" SK uchun juda yomon start.

10. Darvozabon hali ham tibbiy yordam olmoqda. Ha u rostdan ham qattiq zarba qabul qilib oldi.

8. UXXXXXX!! Al Rabi o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqibiga oldirib qo'ydi. Natijada to'pni Yahyo Umar olib qo'ydi va to'pni qulay nuqtada turgan Beserraga oshirdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi. Bu pallada Beserra posbonni tepib yuborgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

5. ZARBAAAAAA!! Hamad Mansur 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Kaani yuqori reakciya ko'rsatib qaytarib qoldi.

4. Rashidov o'ng qanot vingeri sifatida o'ynamoqda.

2. Raul Beserra hujumga o'tdi. Lekin uni Ali Avad to'xtatib qoldi. "Qatar" SKning tezkor qarshi hujumi poyoniga etmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Suhaym bin Hamad" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Qatar SK" jamoasi "Umm Salal"ni qabul qiladi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика