So’nggi yangiliklar

18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  7 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2

Qatar. "Al Sadd" 90+9-daqiqadagi gol evaziga "Qatar" SKni mag'lub etdi Yangiliklar

Qatar. "Al Sadd" 90+9-daqiqadagi gol evaziga "Qatar" SKni mag'lub etdi

Qatar Yulduzlar ligasining 21-turi doirasidagi "Qatar" SK - "Al Sadd" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Qatar" SK - "Al Sadd" 0:1

Gol: Bunedjax (90+9).

"Qatar" SK: 31. Mutasem al-Bustami, 33. Alexandro Galves, 2. Muhammad al-Rabi, 17. Holid Mahmudi, 12. Nosir Baksh, 18. Hamad Mansur, 5. Omar al-Emadi (9. Ahmad Moin, 69), 6. Mehdi Barrahma, 88. Kayke, 10. Sardor Rashidov (24. Abdulaziz Odil, 89), 20. Eysa Palangi.

Zaxiradagilar: 30. Muhammad Abdulloh, 13. Abdulrahmon Muhammad Avad, 14. Moataz Bostami, 23. Abdunasser el-Xayatiy, 32. Ahmad al-Sulaiti, 50. Solih al-Anaybi, 80. Omar al-Abduljabbor, 92. Rashid al-Barashdi.

"Al Sadd": 1. Saad al-SHib, 16. Bualem Xuxi, 3. Abdulkarim Hassan (27. Yusuf Yusuf, 62), 2. Pedro Migel, 12. Rodrigo Tabata, 19. Nam Tae-Xi, 5. Jung Vo-Yung, 6. Tariq Salmon, 23. Hoshim Ali, 10. Hassan al-Haydos, 11. Bagdad Bunedjax.

Zaxiradagilar: 21. Ayub Mashhur, 4. Ahmed Sayyor, 9. Abdulaziz al-Ansori, 15. Baxa Elitxi, 22. Meshal Barsham, 57. Abdulla Ismoil al-Ali, 87. Saud Ibrohim, 96. Husam Hassunin el-Said, 99. Rami Suhali Ali.

Ogohlantirish: Nosir Baksh (70), Kayke (85), Hamad Mansur (89), Bunedjax (90+9).

Qatar SC

Qatar Stars League . 21-tur

13/08/2020, 22:30

1
:
0
Tugadi

Al-Sadd

45'
90'

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" 90+9-daqiqadagi gol evaziga g'alabaga erishdi. Barchaga rahmat. Endi ECHLga tayyorgarlikni boshlaymiz.

90+9. GOL! Burchakdan oshirilgan to'pga Bunedjax boshi bilan zarba yo'llab, hisobni ochdi. Balki bu g'alaba golidir...

90+7. Yusuf Yusuf raqib jarima maydonchasi ichida Bustami bilan to'qnashib ketdi. "Al Sadd" futbolchilari bu erda penalti so'rashmoqda. Hakam esa burchak to'pi belgiladi.

90+6. Kayke jarimadan anchagina noaniq zarba yo'lladi.

90+5. Pedro Migel ogohlantirildi. U tezkorlik bilan hujumga o'tib ketayotgan Hamadni yiqitdi.

90+4. Yusuf Yusufning qanotdan oshirgan to'pini Bustami qaytarib yubordi.

90+2. UXXXX!! Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Bustami qaytarib yubordi. Al-Haydos darvozabonning ustidan to'pni tashlab qo'ymoqchi bo'lgandi. Zarba o'xshamadi!

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Sardor Rashidov almashtirildi. Uning o'rnini Abdulaziz Odil egalladi. 

87. HAYDOOOOOSSSS!! Jarimadan oshirilgan to'pdan keyin rikoshetlar seriyasi yuzaga keldi. Al-Haydos esa bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmadi. Bu pallada darvozabon yana jarohat oldi.

85. Kayke ogohlantirildi.

83. "Qatar SK" durang uchun o'ynayotgani ko'rinib turibdi. "Al Sadd" esa tinmay bosim uyushtirmoqda.

81. UXXXX!! Juda xavfli vaziyat!! Burchakdan oshirilgan to'pni Galves darvozasiga kiritib qo'yishi mumkin edi. Darvozabon to'pni ushlab oldi va maydonga yotib oldi. Uning eski jarohati qaytalandi shekilli.

79. ZARBAAAAAAAA!!! Yusuf Yusuf kutilmaganda chap qanotdan darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tepa qismiga borib tushdi.

76. SHunday ajoyib nuqtadan Jung Vo-Yung noaniq zarba yo'lladi.

75. "Al Sadd"da jarima zarbasi. Gol urish uchun ajoyib nuqta.

73. Tariq Salmon uzoq masofadan darvozaga noaniq zarba yo'lladi.

70. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka Nosir Bakshga ko'rsatildi.

68. GOLLL!! YO'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'QQQQ!! Qanotdan oshirilgan to'pga Bunedja zarba yo'lladi. To'p to'singa tegib qaytdi va Nam Tae-Xi to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Bu pallada Bunedja offsaydda qolib ketgandi. Hisoblanmagan gollar bo'yicha hisob 1:1.

65. ZARBAAAAAAA!! Tabataning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvoza ustuni qaytardi!

64. Raqib bilan to'qnashuvdan keyin Omar al-Emadi jarohat oldi. U almashtirilishi mumkin. 

62. Uchrashuvdagi ilk o'zgarish. Abdulkarim Hassan bunchalar yomon o'ynaganini ilk marta ko'rdim. Uning o'rnini 27-raqamdagi Yusuf Yusuf egalladi.

60. "Al Sadd" burchak zarbasidan foyda chiqara olmadi.

56. ZARBAAAAAAAA!! Nam Tae-Xiiiii!! Bustamiiiii!!! Koreyalik futbolchi uch himoyachining taqibiga qaramay raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p avvaliga darvozabonning barmog'iga, keyinchalik to'singa tegib, maydonga qaytdi. CHiroyli vaziyatning guvohi bo'ldik.

54. Sardor Rashidov o'ng qanotda raqibini aldab, chap qanotga to'pni oshirdi. al-Emadining qanotdan oshirgan to'pini darvozabon ushlab oldi.

52. "Qatar SK" tezkor qarshi hujumga o'tib ketish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. Barrahma markazda to'pni raqibidan olib qo'yib, tezda oldirib qo'ydi.

50. Hassan al-Haydosning qanotdan oshirgan to'pini Galves qaytarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim gol bilan boshlangandi. Hamad Mansur hisobni ochishi mumkin edi. Biroq Palangi bu pallada hujumda fol ishlatgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishdi. Negadir Bunedjax bosh hakamga etirozlarini bildirmoqda.

Qo'shilgan vaqtlarda hech nima bo'lmadi. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Futboldagi eng go'zal vaziyat bo'ldi. CHiroyli texnik va aldamchi harakatlardan keyin Tariq Salmonning oyoqlari orasidan to'p olib o'tib ketildi. Uni aldab tashlagan futbolchi Sardor Rashidov bo'lgani ham yaxshi holat.

40. Bugun har ikki qanot hakamlari offsaydni aniqlash borasida ketma-ket adashishmoqda. Bu vaziyatda "Qatar SK" hujumi yo'q offsayd sababli to'xtab qoldi.

38. RABIIIIII!!! Bunedjaning pasidan keyin al-Haydos "Qatar SK" darvozasiga zarba berish uchun yugurib kelayotgandi. al-Rabi esa o'z jarima maydonchasi ichida "podkat" tashlab to'pni olib qo'ydi. Sal kechikkanida penalti bo'lardi.

35. ZARBAAAAAAAA!! Rashidovning pasidan keyin Barrahma "Al Sadd" darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib qaytmaganida darvozabon Saad al-SHib qiynalib qolardi.

34. "Al Sadd" uzoq vaqt davomida pozicion hujum tashkil qilayotgandi. Nam Tae-Xi hujumda fol ishlatdi va to'p "Qatar SK"ga olib berildi.

31. Jamoalarga uoter-breyk taqdim qilindi. Qatar Yulduzlar Ligasi translyaciyasiga esa gap so'z bo'lishi mumkin emas.

28. Xavfli vaziyatttt!!! Bunedjadan super to'p to'xtatish va ajoyib pas. Hoshim Ali bo'sh qolgan darvozaga zarba berishga ulgurmadi.

26. Eslatib o'tamiz, birinchi davrada "Qatar SK" raqib maydonida 3:0 hisobida g'alabaga erishgandi. O'shanda Sardor Rashidov dubl qayd etgan bo'lsa, Kayke o'z hisobiga bir gol yozib qo'ygandi.

24. Abdulkarim Hassanning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

22. ZARBAAAAAA!!! Jarimadan uzatilgan to'pga al-Haydos noaniq zarba yo'lladi. Juda xavfli vaziyat edi.

20. "Qatar SK" ilk bor hujumga o'tgandi. Rashidovdan to'pni olib qo'yishdi. 

16. ZARBAAAAAAAA!! Hujumchining saviyasi shu erda seziladi. Bunedjax ikki raqibini ortda qoldirib, kutilmaganda zarba yo'lladi. Bustamidan seyv!

14. Hozircha "Al Sadd" raqib darvozasi oldida katta bosim uyushtirmoqda. "Qatar SK" esa hali biror marta hujum uyushtirmadi.

12. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Tabataning chiroyli to'p uzatishiga Jung Vo-Yung etib bora olmadi. Birga-bir vaziyat yuzaga kelgan bo'lardi.

10. ZARBAAAAAAAA!! Hoshim Alining qanotdan oshirgan to'pini Hassan al-Haydos 3 metrdan darvozaga aniq yo'llay olmadi. Uchrashuvda golga tortadigan ilk vaziyat yuzaga kelgandi.

8. UXXXXX!! Hoshim Ali o'ng qanotdan to'pni "Qatar SK" jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Galves to'pni qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi va kutilmaganda to'p undan o'tib ketdi. Bunedjax esa bu vaziyatga tayyor emasdi.

6. Rodrigo Tabataning pasidan keyin Bunedja "Qatar SK" jarima maydonchasi ichida to'pni to'xtatdi va Galves undan to'pni olib qo'ydi.

5. "Al Sadd"da burchak zarbasi yuzaga kelgandi. Undan uzatilgan to'pni Rashidov boshi bilan qaytarib yubordi.

- Uchrashuv boshlandi!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadioniga taklif etamiz. Bugun ushbu o'yingohda Qatar Yulduzlari ligasi 21-turi doirasida Sardor Rashidov harakat qilayotgan "Qatar SK" jamoasi Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" bilan to'qnash keladi. Sizlar bilan uchrashuvni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика