So’nggi yangiliklar

18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  1 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0

Qatar nega JCH saralashida o'ynaydi degan savolga javob Yangiliklar

Qatar nega JCH saralashida o'ynaydi degan savolga javob

Malumki, 17 iyul kuni Osiyo mintaqasi uchun JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundiga qura tashlanadi.

Keyingi bosqichda jami 40ta jamoa ishtirok etadi va ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor. Jamoalar 8tadan beshta savatchaga bo'lib chiqilgan. 

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy. 

2-savatcha: Iroq, O'zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya. 

3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin. 

4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya. 

5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, SHri-Lanka. 

Demak, qura mexanizmiga ko'ra, har bir savatchadan bittadan jamoa olinadi va 40 jamoa beshtadan 8ta guruhda bahs olib boradi. O'zbekiston ikkinchi savatchadan joy olishi aniq bo'lgan. 

SHu o'rinda ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: Qatar JCH-2022 mezboni bo'la turib nega saralashda o'ynaydi? (Qatar 1-savatchaga tushgan). Bu savol ko'pchilik muxlislar tomonidan berilyapti. SHu bois alohida javob berib o'tmoqchimiz. 

Gap shundaki, ushbu saralash bosqichi nafaqat JCH-2022 balki, 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi uchun ham saralash vazifasini o'taydi. Yani avvalgi yillarda bo'lgani kabi OFK JCH uchun alohida, Osiyo Kubogi uchun alohida saralash tashkil etishdan voz kechgan. 

SHundan kelib chiqib Qatar jahon chempionati mezboni bo'lgani bilan hali Osiyo Kubogiga yo'llanma olgan emas. Demak, qatarliklar bu o'rinda Osiyo Kubogi-2023 musobaqasiga yo'llanma olish uchun bahs olib borishadi. 

JCH saralash bosqichining ikkinchi raundi 5 sentyabrda start oladi va kelasi yilning 9 iyuniga qadar davom etadi. Har bir guruhdan 1-o'rinni egallagan jamoalar (8ta) va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta (4ta) ikkinchi o'rin sohiblari keyingi bosqichga yo'l oladi. 

Demak, mana shu 12ta jamoa uchinchi raundga yo'l olishdan tashqari avtomatik ravishda Osiyo Kubogi yo'llanmasiga ham ega chiqadi. SHuning uchun Qatar bu erda Osiyo Kubogini ko'zlab o'ynaydi. O'z navbatida Xitoy 2023 yilgi Osiyo Kubogi mezboni bo'la turib, JCH saralash bosqichida jahon chempionatiga chiqish uchun kurashadi. 

Malumki, bu yil BAAda o'tkazilgan qita birinchiligida tarixda ilk bor 24 terma jamoa qatnashdi. JCH-2023 saralash bosqichining ikkinchi raundidan muvaffaqiyatli o'tgan 12 terma jamoa to'g'ridan-to'g'ri Osiyo Kubogi yo'llanmasiga ega bo'lishini hisobga olsak, keyingi 12ta jamoani aniqlash uchun alohida saralash tashkil qilinadi va bu haqda OFK keyinroq malumot beradi. 

Hozir biz uchun eng asosiysi 17 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi raqiblari kim bo'lishini bilib olish. Qatar yo Xitoy o'z o'yinlarini qanday o'tkazadi, bu ularning muammosi. SHunchaki bu malumot Qatar nega saralash bosqichida o'ynayapti degan savolga javob tarzida berib o'tildi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика