Qatar mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa azolari koronavirusga test topshirishdi
13 iyu 2020 17:55
Yangiliklar


Qatar mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa azolari koronavirusga test topshirishdi
Qatar chempionati vaqtincha o'tkazilmayotgani bois terma jamoa yig'inga kirishdi.
34 nafar futbolchi taklif etilgan o'quv-mashg'ulot 3 iyulga qadar davom etadi. Jamoa azolari mashg'ulotlarga kirishishdan oldin koronavirusga test topshirdilar.
Qatar futbol associaciyasi jamoadagi barcha karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda ish olib borishini aytib o'tdi. Yig'indan ko'zlangan maqsad, terma jamoani kuzda bo'lib o'tadigan rasmiy o'yinlarga puxta tayyorlash.
Qatar termasi ustozi Feliks Sanches taklif etgan futbolchilar orasida Karim Budaif, Ismoil Muhammad, Almuaz Ali, Saad Al SHib, Abdulkarim Hassan, Hassan Al Haydos, Akram Afif kabi mashhurlar bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar