Qatar mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa a'zolari koronavirusga test topshirishdi

Xayrulla Xoliqov
13 iyun 2020, 17:55
Qatar chempionati vaqtincha o'tkazilmayotgani bois terma jamoa yig'inga kirishdi.

34 nafar futbolchi taklif etilgan o'quv-mashg'ulot 3 iyulga qadar davom etadi. Jamoa a'zolari mashg'ulotlarga kirishishdan oldin koronavirusga test topshirdilar.

Qatar futbol assotsiatsiyasi jamoadagi barcha karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda ish olib borishini aytib o'tdi. Yig'indan ko'zlangan maqsad, terma jamoani kuzda bo'lib o'tadigan rasmiy o'yinlarga puxta tayyorlash.

Qatar termasi ustozi Feliks Sanches taklif etgan futbolchilar orasida Karim Budaif, Ismoil Muhammad, Almuaz Ali, Saad Al Shib, Abdulkarim Hassan, Hassan Al Haydos, Akram Afif kabi mashhurlar bor.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com