Qashqadaryoda “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali yakuniga etdi
20 fev 2018 10:41
Yangiliklar


Qashqadaryoda “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali yakuniga etdi
Mamlakatimizda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish, istedodli bolalarni saralab olish maqsadida 18 yanvardan "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali bo'lib o'tayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
SHu paytga qadar musobaqalar Andijon, Namangan, Farg'ona, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida o'tkazildi.
16 fevral kuni Qashqadaryo viloyatidagi umumtalim maktablarining 1-4 sinf o'quvchilari o'rtasida boshlangan “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali bugun 19 fevral kuni o'z nihoyasiga etdi.
Festivalda Qarshi, Nishon va Koson tumanlari hamda Qarshi shahridagi 7-10 yoshdagi bolalar ishtirok etishadi. Har bir yoshdan 100 nafardan bola 10ta jamoaga bo'lingan holda bahslarga kirishdi. Qiziqarli tarzda o'tgan bahslar so'ngida festival ishtirokchilariga sovg'alar va sertifikatlar topshirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar