Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" klubi rahbariyati bilan uchrashdi
24 sen 2020 13:09
Yangiliklar


Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" klubi rahbariyati bilan uchrashdi
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashgan.
Aytilishicha, viloyat rahbari "Nasaf"ning moliyaviy holatini yaxshilash va shartnomasi tugayotgan tajribali futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish masalalarini muhokama qilgan.
Aytish kerakki, "Nasaf" - "Surxon" bahsidan so'ng klubning moliyaviy holati haqida gaplar-so'zlar tarqalgan edi.
Championat.asia manbaasi xabariga ko'ra, bazi futbolchilar 5 oydan buyon maosh olishmagan. Keyinchalik bu mavzuga "Nasaf" bosh murabbiyi ham to'xtalib o'tib, haqiqatdan ham moliyaviy muammolar borligini aytgan edi. "Moliyaviy muammolarimizni unutib maydonga chiqmoqdamiz. Homiylar bu masalani hal etishadi, hammasi tez orada hal bo'lishiga ishonaman", - degandi Ro'ziqul Berdiev "Surxon" bilan o'yindan keyin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar